Jahon

Janubiy Koreya sobiq birinchi xonimi Kim Gon Xi to‘rt yilga qamaldi

Avvalroq sud tomonidan Kim Gon Xi 20 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Janubiy Koreya sobiq birinchi xonimi Kim Gon Xi to‘rt yilga qamaldi

Janubiy Koreya apellyatsiya sudi sobiq birinchi xonim Kim Gon Xi ishi yuzasidan avval chiqarilgan hukmni qayta ko‘rib chiqib, unga nisbatan tayinlangan jazoni kuchaytirdi. Endilikda u to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Avvalroq sud tomonidan Kim Gon Xi 20 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Yangi qarorga muvofiq, jazo muddati sezilarli darajada oshirilgan. Shuningdek, sud tomonidan unga 50 million von miqdorida jarima ham belgilangan.

 

Tergov materiallariga ko‘ra, sobiq birinchi xonim avtomobil savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya aksiyalari narxlarini manipulyatsiya qilish orqali noqonuniy daromad olganlikda ayblangan. Ma’lumotlarda ushbu yo‘l bilan 810 million von miqdorida foyda ko‘rilgani qayd etilgan.

 

Bundan tashqari, u siyosiy kampaniyalarni moliyalashtirish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha ham javobgarlikka tortilgan.

 

Ma’lumot uchun, uning turmush o‘rtog‘i, Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol ham avvalroq besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Hozirda unga nisbatan yana bir necha sud jarayonlari davom etmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.