O'zbekiston

“Navoiy” chegara bojxona postida zo‘ravonlik qilgan shaxs 10 sutkaga qamaldi

U tashmachilik bilan shug‘ullanib, fuqarolardan pul undirgan.

“Navoiy” chegara bojxona postida zo‘ravonlik qilgan shaxs 10 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan va jamoatchilikda bojxona postida ko‘cha mafiyasi yuzaga kelganiga doir shubhalarga sabab bo‘lgan videodagi shaxs qamaldi, deya xabar bermoqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

 

 Ma’lum qilinishicha, ushbu shaxs boshqa bir fuqaroning yukini go‘yoki shaxsiy ehtiyoj niqobi ostida olib o‘tib berish, ya’ni tashmachilik qilish evaziga dastlab 500 ming so‘m, so‘ngra yana 100 ming so‘m talab qilgan. Natijada o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelib, vaziyat janjal va haqorat qilishgacha borgan. 

 

Holat yuzasidan Toshkent tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud qaroriga binoan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. 

 

Shuningdek, matbuot xizmati chegara bojxona postlarida xizmat faoliyati amaldagi qonunchilik talablari asosida yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlab, fuqarolarni firibgarlarga ishonmaslikka chaqirdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.