Jahon

Qirol Charlz III AQShga davlat tashrifi bilan keldi

Tashrif AQSh va Britaniya hukumatlari o‘rtasida Eron bo‘yicha qarashlar turlicha bo‘lib turgan paytga to‘g‘ri keldi.

Qirol Charlz III AQShga davlat tashrifi bilan keldi

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III va qirolicha Kamila AQShga to‘rt kunlik davlat tashrifi bilan yetib keldi. 

 

Ma'lum qilinishicha, mazkur davlat tashrifi Charlz III hukmronligi davridagi eng yirik va muhim tashriflardan biri bo‘lib, AQShning Britaniya hukmronligidan mustaqillik e’lon qilganining 250 yilligiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, bu so‘nggi 20 yil ichida britan monarxining AQShga ilk tashrifidir.

 

Tashrif AQSh va Britaniya hukumatlari o‘rtasida Eron bo‘yicha qarashlar turlicha bo‘lib turgan paytga to‘g‘ri keldi.

 

Buyuk Britaniya Qirol va Qirolichasini Oq uyda AQSh Prezidenti va birinchi xonim Melaniya Tramp kutib oldi. Tomonlar qisqa rasmiy qismdan so‘ng yopiq choy suhbatini o‘tkazdi.

 

Keyinroq Britaniya elchisining qarorgohida bog‘ ziyofati tashkil etildi. Unda siyosatchilar, diplomatlar va jamoatchilik vakillari, jumladan senator Ted Kruz hamda moliya vaziri Skott Bessent ishtirok etdi.

 

Tashrif dasturidan Kongressda nutq so‘zlash, Oq uyda davlat ziyofati va Nyu-York shahrigaa safar o‘rin olgan. Qirol nutqida ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy hamkorlik va umumiy demokratik qadriyatlar alohida ta’kidlanishi kutilmoqda.

 

Kuzatuvchilarga ko‘ra, tashrif Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer hukumati uchun ham muhim diplomatik sinov bo‘lib, “maxsus munosabatlar”ni tiklashga xizmat qilishi mumkin. Mazkur aloqalar Suvaysh krizisidan beri eng past darajaga tushgani aytilmoqda.

 

Shu bilan birga, AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari yuzasidan kelishmovchiliklar saqlanib qolmoqda. Vashington Britaniyaning bu boradagi pozitsiyasidan norozi ekanini bildirgan.

 

Safar yakunida qirollik juftligi Nyu-Yorkda 11-sentabr voqealari qurbonlarini yod etadi hamda Virjiniyada ekologiya yo‘nalishidagi loyihalar bilan tanishadi.

 

“So‘nggi kunlarda Tramp Britaniyaga nisbatan tanqidlarini biroz yumshatgan bo‘lsa-da, Pentagon ichki xatida AQSh Britaniyaning Folklend oroliga da’vosini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligi qayd etilgan. Bu esa ikki tomonlama aloqalarni yanada taranglashtirishi mumkin”, deya yozmoqda Reuters.

 

Xabarga ko‘ra, tashrif davomida Charlz III chetlab o‘tishga harakat qiladigan masalalardan biri — Jeffri Epshteyn mojarosi. Qirolning ukasi sobiq shahzoda Endryu Epshteyn bilan aloqalari sabab obro‘sidan ayrilgan va tergovga tortilgan. Sobiq shahzoda  barcha ayblovlarni rad etgan.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"