O'zbekiston

Rossiyadan ota-ona qaramog‘isiz qolgan uch bola O‘zbekistonga qaytarildi

Joriy yilda Rossiyadan qaytarilgan bolalar soni 43 nafarga yetdi.

Rossiyadan ota-ona qaramog‘isiz qolgan uch bola O‘zbekistonga qaytarildi

 

Joriy yilning 28-aprel kuni ota-onalari Rossiyadan deportatsiya qilingani sababli qarovsiz qolgan uch nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Bolalar Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga olib kelingan. U yerda ularga dastlabki tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatilib, holati baholandi hamda tegishli hujjat va tartib-taomillar amalga oshirilgan.

 

Shu kunning o'zida bolalar o‘z ota-onalariga topshirilgan. Hozirda ularning yashash hududida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan keyingi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari olib borilmoqda.

 

Ta’kidlanishicha, joriy yil boshidan buyon Rossiya Federatsiyasi hududidan O‘zbekistonga qaytarilib, oilalari bilan birlashtirilgan voyaga yetmaganlar soni 43 nafarga yetdi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"