O'zbekiston

O‘zbekiston Kiberxavfsizlik markazi xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlandimi?

Xaker yana boshqa ma'lumotlarni e'lon qilmaslik uchun 200 ming dollar so'ragan. Holat yuzasidan Kiberxavfsizlik markazi rasmiy munosabat bildirdi.

O‘zbekiston Kiberxavfsizlik markazi xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlandimi?

Kiberjinoyatchilar va xakerlar o‘g‘irlagan ma’lumotlarini sotadigan saytda O‘zbekiston Kiberxavfsizlik markazining 100 nafar xodimiga tegishli shaxsiy ma’lumotlar e’lon qilindi.

 

 

Noma’lum xaker ma’lumotlarni markazning ichki bazasidan olganini, uning qo‘lida bundan ham muhimroq ma’lumotlar borligini aytgan. Ularning e’lon qilinishini to‘xtatish evaziga 200 000 ming dollar talab qilgan.

 

Ushbu holat yuzasidan Kiberxavfsizlik markazi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan dastlabki o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, mazkur tarqatilayotgan ma’lumotlar haqiqatga mos kelmaydi va markaz ichki axborot tizimlari buzilmagan va bunday turdagi ma’lumotlar bazasidan foydalanilmaydi.

 

Shuningdek, markaz xabarida  “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunning 12-1 moddasi 2-qismi eslatib o‘tilgan. 

 

Qonunga muvofiq, veb-saytning yoki internet sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga yoki internet sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to‘g‘riligini tekshirishi, shuningdek, joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o‘chirib tashlashi shart.

Avval ham 2026-yil fevralda hukumat tizimlaridan kamida 15 million O‘zbekiston fuqarosining shaxsiy ma’lumotlari sizdirilib, Dark Web’ga joylashtirilgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan Kiberxavfsizlik markazi DUK o‘rganishlar olib borilayotganini va keyinroq qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini ma’lum qilgan.

 

O‘sha paytda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov 15 million fuqaroning ma’lumoti internetda sotilish holati yo‘qligini aytgan.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"