Jinoyat

Chirchiqda jinoiy guruh rahbaridan pora olgan inspektor ushlandi

U jinoiy guruhning ishini “bosdi-bosdi” qilib bermoqchi bo‘lgan.

Chirchiqda jinoiy guruh rahbaridan pora olgan inspektor ushlandi

Toshkent viloyati Chirchiq shahar Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika inspektori pora bilan ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, profilaktika inspektori joriy yil fevral oyida I.Saidov yetakchiligidagi jinoiy guruh tomonidan boshqa bir fuqaroga yetkazilgan tan jarohati bo‘yicha holatni “bosdi-bosdi” qilib berish evaziga undan olgan 2700 AQSH dollaridan muqaddam 1000 dollarini jabrlanuvchiga bergan.

 

Avvalroq ushbu jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, profilaktika inspektori jabrlanuvchiga 300 AQSH dollari bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, profilaktika inspektorining mazkur noqonuniy harakatiga aloqador bo‘lgan hamkasbini ham jinoyat ishiga jalb qilish choralari ko‘rilmoqda.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"