Jahon

AQShning Eron urushidagi xarajatlari 25 mlrd dollardan yuqori bo‘lishi mumkin

Pentagon taqdim qilgan bu raqamlar “haqiqatdan yiroq” ekani aytilmoqda.

AQShning Eron urushidagi xarajatlari 25 mlrd dollardan yuqori bo‘lishi mumkin

AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalariga yetkazilgan zararlarni tiklash urush xarajatlarini milliardlab dollarga oshirishi mumkin. Bu haqda CNN bilan suhbatlashgan bir nechta manbalar ma’lum qildi.

 

Pentagon vakili Kongressga taqdim etgan dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, Eron bilan bog‘liq harbiy operatsiyalar xarajati 25 milliard dollar deb baholangan. Biroq manbalarga ko‘ra, bu raqam AQSh harbiy bazalariga yetgan jiddiy zararlarni tiklash xarajatlarini o‘z ichiga olmaydi va real summa ancha yuqori bo‘lishi mumkin.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, urushning dastlabki bosqichlarida Eron tomonidan amalga oshirilgan zarbalar natijasida kamida to‘qqizta AQSh harbiy obyektiga zarar yetgan. Bahrayn, Kuvayt, Iroq, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatardagi bazalar shular jumlasidan.

 

Shuningdek, Yaqin Sharqdagi bir qator muhim harbiy tizimlar, jumladan radar komplekslari va texnik infratuzilma ham ishdan chiqqan. Ayrim holatlarda THAAD havo hujumiga qarshi tizimlari va harbiy samolyotlar ham zarar ko‘rgan yoki yo‘q qilingan.

 

Pentagon rasmiysi Jay Harst Kongressdagi chiqishida 25 milliard dollarlik xarajatning asosiy qismi o‘q-dorilar va operatsion ehtiyojlarga sarflanganini bildirgan. Biroq u xorijdagi harbiy bazalarni tiklash bo‘yicha yakuniy hisob-kitob hali yo‘qligini tan olgan.

 

AQSh Mudofaa vazirligi rahbariyati ham zararni qoplash xarajatlari hozircha aniq byudjetga kiritilmaganini, chunki tiklash rejalari hali ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.

 

Demokrat kongressmen Ro Xanna e’lon qilingan 25 milliard dollarlik raqamni “haqiqatga mos emas” deb baholagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq Kongressga urushning ilk kunlaridayoq milliardlab dollarlik xarajatlar yuzaga kelgani haqida ma’lumot berilgan. Avvalroq The Atlantic nashri ham Pentagon mazkur urush borasida Donald Trampga xato axborot yetkazayotganini, Jey Di Vens esa qurol-yarog‘ zaxirasining kamayib borayotganidan xavotirda ekanini yozgandi.

 

Pentagonning ichki hisob-kitoblariga ko‘ra, urushni davom ettirish uchun qo‘shimcha yuz milliardlab dollar mablag‘ talab qilinishi mumkin. Shu bilan birga, AQSh Mudofaa vazirligi 2027-yil uchun 1,5 trillion dollarlik byudjet so‘rovini ilgari surgan bo‘lib, bu avvalgi davrga nisbatan sezilarli o‘sishni anglatadi.

 

Rasmiylar ta’kidlashicha, ayrim tiklash xarajatlari AQShning ittifoqchi davlatlari tomonidan ham qoplanishi mumkin, biroq yakuniy hisob-kitob hali aniqlanmagan.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.