O'zbekiston

Toshkentda “podyezd”da giyohvandlik vositasi iste’mol qilingan erkak va ayol aniqlandi

Ular yo‘lakda odam yo‘qligidan foydalanib, giyohvandlik vositasini iste’mol qilgan va so‘ng voqea joyini tark etgan.

Toshkentda “podyezd”da giyohvandlik vositasi iste’mol qilingan erkak va ayol aniqlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ikki nafar shaxs ko‘p qavatli uy yo‘lagida shubhali harakatlar sodir etgani aks etib, jamoatchilik orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat Toshkent shahri IIBB tomonidan o‘rganilib, voqea tafsilotlari aniqlandi.

 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 29-aprel kuni soat taxminan 14:35 larda 1987-yilda tug‘ilgan A.I. hamda uning tanishi — 2001-yilda tug‘ilgan R.I. Olmazor tumani Sebzor dahasidagi ko‘p qavatli uy yo‘lagiga kirgan. Ular yo‘lakda odam yo‘qligidan foydalanib, giyohvandlik vositasini iste’mol qilgan va so‘ng voqea joyini tark etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.

 

Shu munosabat bilan fuqarolardan ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklarini ochiq holda qoldirmaslik, shuningdek, shubhali shaxslarni ko‘rgan taqdirda zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish so‘raladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.