Jahon

Tramp Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olishi mumkin

Nomzodlar orasida Trampdan tashqari yana 286 kishi ko‘rib chiqilmoqda.

Tramp Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olishi mumkin

Norvegiya Nobel qo‘mitasi kotibi 2026-yilda Nobel mukofotiga Tramp nomzodi ham borligini ma’lum qildi. Nomzodlar orasida Trampdan tashqari yana 286 kishi ko‘rib chiqilmoqda. 

 

Kristian Berg Xarpvikenning ma'lum qilishicha, 2026- yilgi nomzodlarning 208 nafari jismoniy shaxslar, 79 tasi esa tashkilotlardir. Uning aytishicha, ro‘yxatda Tramp nomzodi bor lekin u hali tasdiqlanmagan.

 

Kambodja, Isroil va Pokiston rahbarlari Tinchlik mukofotiga Tramp nomzodini ko‘rsatgan.

 

Mukofotga Trampdan tashqari Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya, Rim papasi Leo va Sudanning ko‘ngilli yordam guruhi bo‘lgan "Favqulodda vaziyatlarga javob berish bo‘limlari" kabi nomlar ko‘p tilga olinmoqda.

 

Shuningdek, Alyaska senatori Liza Murkovski va Daniya parlamentining Grenlandiyadan saylangan a’zosi Aaya Kemnits ham nomzodlar qatorida bo‘lishi mumkin. Norvegiyalik qonun chiqaruvchi Lars Haltbrekken ularning Arktika mintaqasida tinchlik va ishonchni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlarini e’tirof etgan.

 

Eronlik sovrindorning salomatligidan xavotir

 

Xarpviken qo‘mita 2023-yilgi mukofot sovrindori, eronlik huquq himoyachisi Narges Muhammadiyning sog‘lig‘idan qattiq xavotirda ekanini bildirdi. Qamoqxonada yurak xurujini boshdan kechirgan faolning ahvoli yomonlashmoqda, uning yaqinlari hayoti xavf ostida ekanini aytishmoqda.

 

"Biz xalqaro bosim ko‘chayotganini ko‘rmoqdamiz. Eron rasmiylari bunga e’tibor qaratadi va uni tegishli tibbiy yordam olishi uchun ozod qiladi, deb umid qilamiz", — dedi Xarpviken.

 

Joriy yilgi Nobel Tinchlik mukofoti sovrindori 9-oktyabr kuni e’lon qilinadi, taqdirlash marosimi esa 10-dekabrda bo‘lib o‘tadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilgi Tinchlik bo‘yicha Nobel laureati Mariya Korina Machado o‘z medalini Trampga Venesueladagi siyosiy jarayonlarga qo‘shgan hissasi uchun ramziy sovg‘a sifatida topshirgandi.

 

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

Chodirlar o‘rniga yig‘ma uylar yetkazib berilishi kerak edi. Biroq Isroil ularni G‘azoga olib kirishga ruxsat bermagan.

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumchi yolg‘iz harakat qilganini va jamoatchilik uchun boshqa xavf yo‘qligini bildirgan.

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Ukraina Havo kuchlari va Qurolli kuchlari ehtimoliy hujumdan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi.

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

So‘nggi 24 soatda Ukraina dronlari, “Neptun” raketalari va boshqariladigan aviabombalari urib tushirilgan.

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

Aroqchi Ummon, Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqa 8 davlat tashqi ishlar vazirlari bilan maslahatlashuv o‘tkazdi.

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Uning avtomobilidan miltiq, ikkita to‘pponcha va o‘q-dorilar topilgan.

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

Mukofot Eronning yadroviy obyektlari, uskunalari, ularning joylashuvi va tegishli xodimlar haqidagi ma’lumotlar uchun beriladi.

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Muzokaralarda hududiy masalalar, xavfsizlik kafolatlari va gumanitar operatsiyalar muhokama qilinishi kutilmoqda.