Jahon

Tramp Kongressga Eronga qarshi harbiy harakatlar to‘xtatilganini bildirdi — AP

Oq uy aprel oyi boshida e’lon qilingan sulhni Eron bilan urushning tugashi sifatida baholamoqda.

Tramp Kongressga Eronga qarshi harbiy harakatlar to‘xtatilganini bildirdi — AP

AQSHda Tramp ma’muriyati Eron bilan bog‘liq harbiy harakatlar 60 kunlik qonunchilik muddati tugashidan oldinroq yakunlanganini ma’lum qildi. Bu haqda AP xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, Oq uy aprel oyi boshida e’lon qilingan sulhni urushning amalda tugashi sifatida baholamoqda. Ushbu yondashuv ma’muriyatga Kongressdan rasmiy ruxsat olish talabini chetlab o‘tish imkonini berishi mumkin.

 

AQSH mudofaa vaziri Pet Hegset Senatdagi chiqishida sulh urushni “to‘xtatib qo‘ygani”ni ta’kidlagan. Shu asosda ma’muriyat 1973-yilda qabul qilingan urush bo‘yicha rezolyutsiya doirasida belgilangan 60 kunlik muddat hali qo‘llanilmaganini ilgari surmoqda.

 

Mazkur rezolyutsiyaga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp xorijga qo‘shin yuborish va harbiy harakatlarni boshlashdan oldin Kongress bilan maslahatlashishi shart. Kongress roziligisiz qurolli kuchlardan foydalanish esa 60 kun bilan cheklanadi va ushbu hujjat federal qonun maqomiga ega.

 

Ma’muriyatdagi yuqori lavozimli manbaga ko‘ra, “28-fevralda boshlangan harbiy harakatlar yakunlangan” deb hisoblanadi. U shuningdek, 7-apreldan boshlangan ikki haftalik sulhdan buyon AQSh va Eron o‘rtasida otishmalar bo‘lmaganini aytgan.

 

Biroq, vaziyat to‘liq barqarorlashmagan. Eron Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni saqlab qolmoqda, AQSH harbiy-dengiz kuchlari esa Eron neft tankerlarining dengizga chiqishini cheklash maqsadida blokada o‘rnatgan.

 

Ma’lum qilinishicha, 60 kunlik muddat 1-may kuni tugaydi. Reuters agentligiga ko‘ra, ushbu muddat tugagach, prezident uchta variantdan birini tanlashi lozim: harbiy harakatlarni to‘xtatish, qo‘shinlarni olib chiqish uchun qo‘shimcha 30 kunlik muddat so‘rash yoki operatsiyalarni davom ettirish uchun Kongressdan rasmiy ruxsat olish.

 

Demokratlar ma’muriyatdan Eronga qarshi operatsiya bo‘yicha rasmiy ruxsat olishni talab qilmoqda. Ayrim respublikachilar ham qisqa muddatli harakatlarni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, uzoq davom etuvchi operatsiyalar uchun Kongress ishtirokini zarur deb hisoblamoqda va ulardan ba’zilari urushni davom ettirishni qo‘llab-quvvatlamasligini ochiq bildirgan.

 

Trampning birinchi prezidentlik davrida Milliy xavfsizlik kengashida Eronning ommaviy qirg‘in qurollariga qarshi kurash bo‘yicha direktor bo‘lib ishlagan Richard Goldberg ma’muriyatga yangi operatsiya formatiga o‘tishni tavsiya qilgan. Uning fikricha, “Epic Passage” deb nomlanishi mumkin bo‘lgan yangi missiya avvalgi “Epic Fury” operatsiyasining davomi sifatida, o‘zini o‘zi himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, Hormuz bo‘g‘ozida erkin harakatni tiklashni maqsad qiladi.

 

Meyn shtati senatori Syuzan Kollins “bu muddat tavsiya emas, balki majburiyat” ekanini ta’kidlab, Kongress roziligisiz harbiy harakatlarni to‘xtatish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, keyingi qadamlar aniq maqsad va strategiyaga ega bo‘lishi shart.

 

Ekspertlar esa ma’muriyatning huquqiy talqinini shubha ostiga olmoqda. Xususan, Senatda bu masalani ko‘targan senator Tim Keyn mazkur yondashuvni “ilgari uchramagan va huquqiy asosga ega emas” deb baholagan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.