Jahon

AQSh va Isroil hujumlari oqibatida Eronda 4000 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan

Mojaro davomida 100 mingdan ortiq uy vayron qilingani va o‘n minglab odamlar jarohat olgan.

AQSh va Isroil hujumlari oqibatida Eronda 4000 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan

Abdul Majid Hakim Ilahi ma’lum qilishicha, AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi amalga oshirilgan harbiy harakatlar oqibatida kamida 4000 nafar tinch aholi halok bo‘lgan. Bu haqda u jurnalistlarga bergan bayonotida ta’kidlagan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, urush davomida tinch aholi yashaydigan hududlarga ham zarbalar berilgan. Natijada keng ko‘lamli vayronagarchilik yuzaga kelib, 100 mingdan ortiq turar joy binolari zarar ko‘rgan yoki butunlay vayron bo‘lgan. Shuningdek, 40 mingdan ziyod fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgani qayd etilgan.

 

Vakilning bildirishicha, hujumlar davomida ijtimoiy va muhim infratuzilma obyektlari ham jiddiy talafot ko‘rgan. Xususan, 50 dan ortiq shifoxona va 25 ta oliy ta’lim muassasasiga zarar yetkazilgan.

 

Bundan tashqari, ayrim ta’lim muassasalari, jumladan, ikki marta qizlar boshlang'ich maktabiga hujum qilishgani va 175 nafar bola vafot etgani ta’kidlangan.

 

U shuningdek, ko‘priklar, jamoat joylari, ilmiy laboratoriyalar va boshqa muassasalar vayron qilinganini, bu esa mamlakat infratuzilmasiga sezilarli zarar yetkazganini qayd etgan.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur harbiy qarama-qarshilik joriy yilning 28-fevral kuni boshlangan. AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi zarbalar berilganidan so‘ng, Eron tomoni ham javob choralarini ko‘rgan. Natijada mintaqada keskinlik kuchayib, keng ko‘lamli harbiy to‘qnashuvlar yuzaga kelgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"