O'zbekiston

1-maydan elektromobil egalari 1 kVt/soat uchun 300 so'm to'laydi

O‘zbekistonda elektromobil egalari uchun zaryadlash xarajatlarini qisman qoplash tizimi joriy etilishi mumkin.

1-maydan elektromobil egalari 1 kVt/soat uchun 300 so'm to'laydi

 

O‘zbekistonda elektromobil egalariga zaryadlash xarajatlarining bir qismini davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasida ma’lum qilindi.

 

Loyihaga ko‘ra, agar zaryadlash stansiyalarida 1 kVt/soat elektr energiyasi narxi 300 so‘mdan oshsa, ushbu qiymatdan ortiq qismi davlat tomonidan qoplab beriladi. Mazkur tizim 2026-yil 1-maydan boshlab jismoniy shaxslar uchun bosqichma-bosqich joriy etilishi mumkin.

 

Kompensatsiya to‘lovlari har oy, oyning 25-sanasiga qadar Soliq mobil ilovasi orqali fuqarolarning bank kartalariga o‘tkaziladi. Ushbu mablag‘lar soliqqa tortilmaydi hamda jismoniy shaxslarning umumiy daromadi tarkibiga kiritilmaydi.

 

Jarayonni soddalashtirish maqsadida respublika bo‘ylab yagona axborot platformasi — EV-Power tizimini yaratish ko‘zda tutilgan. Ushbu platforma orqali zaryadlash stansiyalarining joylashuvi va energiya sarfi real vaqt rejimida monitoring qilinadi. Tizimni 2026-yil avgust oyida ishga tushirish, yil oxirigacha esa butun mamlakat bo‘ylab joriy etish rejalashtirilgan. 2027-yildan boshlab barcha subsidiyalar aynan ushbu platforma orqali hisoblab chiqiladi.

 

Shuningdek, loyiha doirasida asosiy avtomobil yo‘llari bo‘ylab har 20 kilometrda zaryadlash stansiyalarini joylashtirish rejalashtirilmoqda.

 

Texnik nazorat masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Zaryadlash stansiyalari milliy ahamiyatga ega o‘lchash vositalari ro‘yxatiga kiritilib, ularni har ikki yilda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tizimi joriy etiladi. “O‘zenergoinspeksiya”ga talabga javob bermaydigan yoki xavf tug‘diruvchi stansiyalarni elektr tarmog‘idan uzish vakolati beriladi.

 

Bundan tashqari, sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 10 foizlik imtiyozli kreditlar hamda yer uchastkalarini auksion orqali olishda 50 foizgacha chegirmalar taqdim etilishi nazarda tutilgan.

 

Mazkur hujjat “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.