O'zbekiston

"Boysun bahori"da 300 kilogrammgacha go‘sht pishiriladigan tandir namoyish etildi

Bo‘yi 2 metrdan baland, eni qariyb 3,5 metrni tashkil etuvchi mazkur tandir bir hafta davomida mohir ustalar tomonidan katta mehnat va yuqori mahorat bilan bunyod etildi.

"Boysun bahori"da 300 kilogrammgacha go‘sht pishiriladigan tandir namoyish etildi

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida o‘tkazilayotgan "Boysun bahori" XIII xalqaro folklor festivali doirasida yana bir e’tiborga molik voqea qayd etildi. Festival mehmonlari uchun bunyod etilgan ulkan tandir o‘zining hajmi va imkoniyatlari bilan haqiqiy rekord natija sifatida e’tirof etilmoqda.

 

 

Bo‘yi 2 metrdan baland, eni qariyb 3,5 metrni tashkil etuvchi mazkur tandir bir hafta davomida mohir ustalar tomonidan katta mehnat va yuqori mahorat bilan bunyod etilgan. Qurilish jarayonida xavfsizlik, mustahkamlik hamda sifat masalalariga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, tandir milliy an’analar va zamonaviy yondashuv uyg‘unligida barpo etilgan.

 

 

Ushbu yirik tandirning sig‘imi ham e’tiborga molikdir — uning ichida bir vaqtning o‘zida 10-15 ta qo‘zichoqni pishirish mumkin. Pishirish jarayonida ko‘mirdan emas, balki an’anaviy usul — o‘tin yoqish orqali yuqori harorat hosil qilinadi. Bu esa taomning o‘ziga xos ta’mi va xushbo‘yligini ta’minlaydi.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashichaa, tandirda bir martalik pishirish uchun 250 kilogrammdan 300 kilogrammgacha go‘sht sarflanadi. Tayyorlangan tandir go‘shti esa festival davomida keng jamoatchilikka tortiq etiladi.

 

 

Eng e’tiborlisi, yetti kun davom etadigan festival mobaynida ushbu tandirda pishirilgan go‘sht xorijdan kelgan sayyohlar, mehmonlar hamda kam ta’minlangan oilalarga bepul tarqatilishi rejalashtirilgan. Bu esa nafaqat milliy taomlarimizni targ‘ib qilish, balki mehmondo‘stlik va saxovat an’analarini yana bir bor namoyon etadi.

 

"Boysun bahori" festivali shu tariqa nafaqat boy madaniy dasturlari, balki ana shunday noyob tashabbus va rekord natijalari bilan ham yodda qolmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.