O'zbekiston

Kommunal qarzlar endi yangi uy egasiga o‘tmaydimi?

Raqobat qo‘mitasi notarial shartnomalardan "eski qarzdorlikni yangi egasiga yuklash" haqidagi bandni olib tashlash tashabbusini ilgari surmoqda.

Kommunal qarzlar endi yangi uy egasiga o‘tmaydimi?

 

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ko‘chmas mulk oldi-sotdi jarayonlarida mavjud muhim muammoga e’tibor qaratdi. Xususan, ayrim holatlarda uy sotib olgan fuqarolardan avvalgi egaga tegishli bo‘lgan kommunal qarzlarni to‘lash talab qilinayotgani qayd etildi.

 

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, bunday amaliyot “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid bo‘lib, fuqarolarning huquqlarini cheklovchi shartlar hisoblanadi.

 

Shu munosabat bilan qo‘mita notarial tasdiqlangan ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalaridan “qarz aniqlansa, uni xaridor to‘laydi” mazmunidagi bandlarni chiqarib tashlashni taklif qildi.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, ko‘chmas mulk bitimlari NOTARIUS axborot tizimi orqali tekshiriladi va qarzdorlik mavjud bo‘lmagan taqdirdagina tasdiqlanadi. Shunga qaramay, ayrim hollarda billing tizimidagi xatoliklar yoki ma’lumotlarning o‘z vaqtida yangilanmasligi sababli muammolar yuzaga kelmoqda.

 

Misol sifatida Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda, fuqaro uy sotib olgach, unga 13 million so‘mlik qarzdorlik yuklatilgan. Tekshiruv natijasida ushbu qarz avvalgi egaga tegishli ekani va tizimdagi xatolik sabab yuzaga kelgani aniqlanib, fuqaroning huquqlari tiklangan.

 

Qo‘mita bunday holatlarning oldini olish maqsadida tegishli vazirlik va idoralarga rasmiy takliflar yuborganini ma’lum qildi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.