O'zbekiston

Xalqaro qidiruvdagi uch nafar o'zbekistonik BAAdan ekstraditsiya qilindi

Ulardan ikki nafari firibgarlik, yana biri odam savdosi bilan bog'liq jinoyatda ayblanmoqda.

Xalqaro qidiruvdagi uch nafar o'zbekistonik BAAdan ekstraditsiya qilindi

 

Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi tomonidan olib borilgan samarali hamkorlik va tezkor chora-tadbirlar natijasida xalqaro qidiruvda boʻlgan uch nafar shaxs chet el hududida qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda IIV ma'lum qildi.

 

Maʼlumotlarga koʻra, mazkur shaxslardan ikki nafari firibgarlik, yana biri esa odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanmoqda. Jinoyatlardan soʻng ular Birlashgan Arab Amirliklariga yashiringan.

 

Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi Milliy markaziy byurolari oʻrtasidagi hamkorlik hamda xalqaro qidiruv mexanizmlarining samarali ishga solinishi natijasida ularning aniq joylashuvi aniqlangan.

 

Amalga oshirilgan maxsus operatsiya doirasida uchala shaxs ham Interpolning Abu-Dabidagi byurosi koʻmagida qoʻlga olinib, belgilangan tartibda Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilingan.

 

Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari hamrohligida olib kelingan va qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish jarayonlari boshlangan.

 

Qayd etilishicha, chet elga yashirinish javobgarlikdan ozod etmaydi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.