O'zbekiston

41 nafar o‘zbekistonlik Turkmaniston orqali Erondan qaytarildi

O‘zbekistonning Ashxobod va Tehrondagi diplomatik vakolatxonalari Turkmanistonning tegishli idoralari fuqarolarning qaytarilish masalasini hal qilgan.

41 nafar o‘zbekistonlik Turkmaniston orqali Erondan qaytarildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida bir guruh vatandoshlar Erondan Turkmaniston hududi orqali tranzit tarzda O‘zbekistonga qaytarildi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.

 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Ashxobod va Tehrondagi diplomatik vakolatxonalari Turkmanistonning tegishli idoralari bilan hamkorlikda fuqarolarning qaytishi bilan bog‘liq viza va transport-logistika masalalarini hal qilgan.

 

Turkmaniston tomonining ko‘magi bilan jami 41 nafar O‘zbekiston fuqarosi “Saraxs–Seraxs” hamda “Gaudan–Bajgiran” chegara o‘tkazish punktlarida kutib olinib, diplomatik xodimlar nazorati ostida ularning xavfsiz tarzda O‘zbekistonga yetib kelishi ta’minlangan.

 

Diplomatik vakolatxonalar tomonidan bildirilishicha, hech bir fuqaro e’tibordan chetda qolmaydi. O‘zbekistonliklarni o‘z oilalari bag‘riga qaytarish ishlari inson manfaatlari ustuvorligi tamoyili asosida izchil davom ettiriladi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"