Jahon

Janubiy Koreya sobiq birinchi xonimiga hukm o‘qigan sudya o‘lik holda topildi

U mamlakat sobiq birinchi xonimining qamoq jazosini 4 yilga uzaytirgandi.

Janubiy Koreya sobiq birinchi xonimiga hukm o‘qigan sudya o‘lik holda topildi

Janubiy Koreya poytaxti Seulda mamlakat sobiq birinchi xonimining korrupsiya ishiga oid apellyatsiya sudiga raislik qilgan sudya Shin Chon O o‘lik holda topildi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, sudyaning jasadi Seul Oliy sudi yaqinidagi gulzor hududidan tungi soatlarda aniqlangan. Uning yonidan qo‘lda yozilgan xayrlashuv maktubi topilgan bo‘lib, unda uzr so‘zlari keltirilgan, biroq ko‘rilgan ish haqida eslatma bo‘lmagan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisada zo‘ravonlik alomatlarini aniqlamagan. Asosiy taxminlardan biri sifatida balandlikdan qulash versiyasi ko‘rib chiqilmoqda.

 

Sudya Shin Chon O Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi Kim Gon Xi ustidan ochilgan korrupsiya ishining apellyatsiya bosqichida raislik qilgan. Gon Xi aksiyalar narxini manipulyatsiya qilish hamda qimmatbaho sovg‘alar olishda ayblangan. 2026-yil yanvarida birinchi instansiya sudi Kim Gon Xini 1 yil-u 8 oyga ozodlikdan mahrum etgan, aprel oyida esa apellyatsiya sudida Chon O  jazoni 4 yilga uzaytirishga hukm chiqargan.

 

Sud tizimi vakillarining bildirishicha, sudya hukm e’lon qilinishidan oldin sud majlislarining jonli efirda namoyish etilishi sababli kuchli bosim va stressni boshdan kechirgan.

 

Kim Gon Xi 2025-yil avgust oyida hibsga olingan. U, jumladan, qiymati 2200 dollar bo‘lgan Dior sumkasini sovg‘a sifatida olganlikda ham ayblangan. Rasmiylar ushbu sovg‘a olinganini tasdiqlagan, biroq u davlat mulki sifatida rasmiylashtirilganini bildirgan.

 

Bundan tashqari, u Deutsch Motors kompaniyasining sobiq rahbari bilan til biriktirib, aksiyalar narxini sun’iy oshirish orqali noqonuniy daromad olishda ham gumon qilingan.

 

Sobiq prezident Yun Sok Yol esa 2024-yil dekabrida mamlakatda harbiy holat joriy etgani ortidan hibsga olingan. 2026-yil fevral oyida u qator ayblovlar, jumladan isyon uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"