O'zbekiston

Navoiyda 13 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan Matiz YTHga uchradi

Hodisa oqibatida bog‘cha rahbari bo‘lgan haydovchi ayol vafot etgan, bir bola koma holatida, 8 nafar bola shifoxonaga olib ketilgan.

Navoiyda 13 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan Matiz YTHga uchradi

Navoiy viloyatining Nurota tumanida bog‘cha bolalari bo‘lgan Matiz YTHga uchradi Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, YTH 5-may kuni ertalab sodir bo‘lgan. Tumandagi oilaviy bog‘chalardan birining rahbari bo‘lgan 34 yoshli ayol 13 nafar tarbiyalanuvchi va o‘zining 3 oylik chaqalog‘ini Matiz mashinasiga mindirib tashigan.

 

Ayol bolalarni yashash xonadonlaridan bog‘chaga olib ketayotgan bo‘lgan. U harakat paytida boshqaruvni yo‘qotgan va mashina yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan. YTH oqibatida ayol vafot etgan, bolalar esa turli darajada tan jarohatlari olgan. Ayni vaqtda bir bola koma holatida, 8 nafari esa viloyat markazidagi shifoxonaga olib ketilgani aytilmoqda.

 

Xabarga ko‘ra, er-xotin haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan holda yillar davomida mashina boshqarib kelgan. Bolalar doimiy ravishda shu holda uydan bog‘chaga va bog‘chadan uyga tashilgan. Hatto ota-onalar ham bunga e’tiroz bildirmagan.

 

Avval ham Navoiyda haydovchilik guvohnomasi ham, avtomobilni boshqarish huquqi ham bo‘lmagan shaxs mast holda 23 nafar bolani Damas’da tashigani aniqlangan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"