O'zbekiston

O‘zbekistonda ko‘mir, neft va gaz qazib olish kamaydi

Biroq benzin, elektr energiyasi, dizel yonilg‘isi va portlandsement ishlab chiqarishida o‘sish qayd etildi.

O‘zbekistonda ko‘mir, neft va gaz qazib olish kamaydi

2026 yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda asosiy energiya resurslarini qazib olish hajmi kamaydi. Bu haqda Statqo‘m ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, I chorakda tabiiy gaz qazib chiqarish 9,6 mlrd kub metrni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga kamaygan. 

 

Neft qazib olish hajmi 157,3 ming tonnani tashkil etib, 2025 yilning birinchi choragiga nisbatan 2,2 foizga pasaygan. Gaz kondensati ishlab chiqarish esa 18,3 foizga qisqarib, 242,3 ming tonnaga tushgan.

 

2024-yil bilan solishtirganda, tabiiy gaz qazib olish 17,2 foizga, neft 12,2 foizga, gaz kondensati esa 26 foizga kamaygan.

 

Shu bilan birga, ayrim mahsulotlar ishlab chiqarishida o‘tgan yilgidan o‘sish kuzatildi. Jumladan, avtomobil benzini ishlab chiqarish 2,9 foizga oshib, 313,2 ming tonnaga yetgan. Biroq bu ko‘rsatkich 2024-yil darajasidan hali ham 13,1 foizga pastligicha qolmoqda.

 

Ko‘mir qazib olish hajmi 1,1 mln tonnagacha kamayib, o‘tgan yilgi 1,2 mln tonna ko‘rsatkichga nisbatan 8,3 foizga qisqargan. Shu bilan birga, mazkur ko‘rsatkich 2024-yilning shu davrida qayd etilgan 1 mln tonnadan yuqori bo‘lib qolmoqda.

 

Sanoatning ayrim yo‘nalishlarida esa ijobiy o‘sish qayd etildi. Xususan, portlandsement ishlab chiqarish 13,9 foizga oshib, 4,1 mln tonnaga yetgan. Dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish esa 54,3 foizga ko‘payib, 280,9 ming tonnaga yetdi.

 

Elektr energiyasi ishlab chiqarish ham o‘sishni namoyon etib, 4,7 foizga oshib 22,93 mlrd kVt/soatni tashkil etgan. 

 

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.