O'zbekiston

Toshkentdagi “Brodvey” hududi to‘liq yangilanadi

Loyiha “Dizayn-kod” tamoyillariga asoslanadi. Tayyorgarlik jarayonida aholi va professional hamjamiyat takliflari o‘rganib chiqiladi.

Toshkentdagi “Brodvey” hududi to‘liq yangilanadi

Toshkent “Brodvey”i to‘liq rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Toshkentdagi “Brodvey” — Sayilgoh ko‘chasi va unga tutash xiyobonlar, yashil hududlar, piyodalar yo‘laklari hamda shahar infratuzilmasi elementlarini o‘z ichiga olgan hududni kompleks rivojlantiriladi. Sayilgoh ko‘chasi uzoq yillardan buyon rassomlar, musiqachilar va shahar aholisi faol ishtirok etadigan jonli ko‘cha hayoti markazi sifatida shakllangan.

 

Mutasaddilarga ko‘ra, hududdagi piyodalar oqimining yuqoriligi va uning ijtimoiy-madaniy ahamiyati zamonaviy, barqaror va muvozanatli yechimlarni joriy etishni talab qilmoqda. O‘tkazilgan tahlillar piyodalar hududlari bilan bir qatorda unga tutash maydonlar — yashil zonalar, o‘tish yo‘laklari, yoritish, irrigatsiya tizimlari va tashqi ko‘rinishni bosqichma-bosqich yangilash zarurligini ko‘rsatgan.

 

Qayd etilishicha, loyiha Yagona dizayn-kod va hududni kompleks rivojlantirish tamoyillariga asoslangan. Tayyorgarlik jarayonida aholi va professional hamjamiyat takliflari o‘rganib chiqiladi.

 

 

Xabarga ko‘ra, hududning ochiq shahar muhiti saqlab qolinadi. Xususan, ko‘cha rassomlari va ijodiy jamoatchilik vakillari mazkur makonning ajralmas qismi bo‘lib qoladi. Loyiha ularning faoliyatini cheklash emas, balki tartibga solish va qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

 

Ayni paytda hududning ayrim qismlarida qoplamalar eskirgani, piyodalar harakati uchun sharoit yetarli emasligi qayd etilgan. Shuningdek, to‘siqsiz muhitni rivojlantirish, obodonlashtirish elementlarini yangilash hamda savdo va qurilish faoliyatini amaldagi me’yorlarga moslashtirish zarurati mavjud.

 

Loyiha doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

 

  • yo‘l va piyodalar yo‘laklari qoplamasini yangilash;
  • piyodalar yo‘nalishlari va o‘tish yo‘llarini takomillashtirish;
  • to‘siqsiz muhit yaratish;
  • hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;
  • yoritish tizimini modernizatsiya qilish;
  • irrigatsiya tizimini rivojlantirish;
  • kichik me’moriy shakllar (o‘rindiqlar, chiqindi qutilari va boshqalar) o‘rnatish;
  • favvoralarni rekonstruksiya qilish;
  • reklama va peshlavhalarni yagona dizayn-kod asosida tartibga solish;
  • noqonuniy qurilmalarni demontaj qilish;
  • savdo faoliyatini tartibga keltirish;
  • videokuzatuv va monitoring tizimlarini joriy etish.

 

Shuningdek, mavjud daraxtlar mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Qo‘shimcha ravishda kamida 1000 tup daraxt, buta va manzarali o‘simliklar ekish rejalashtirilgan.

 

Loyiha yakunida hududning o‘ziga xos qiyofasi va jonli muhitini saqlagan holda, uni aholi va mehmonlar uchun yanada qulay, yashil va xavfsiz zamonaviy makonga aylantirish maqsad qilingan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"