Jahon

AQSh Yaqin Sharqqa 50 mingga yaqin harbiy joylashtirgan — OAV

Qo‘shinlar Eronga qarshi harbiy operatsiyalar uchun Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iroq, Suriya, Iordaniya, Qatar, BAA va Kuvaytdagi bazalarga joylashtirilgan.

AQSh Yaqin Sharqqa 50 mingga yaqin harbiy joylashtirgan — OAV

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Eronga qarshi ehtimoliy harbiy operatsiyalar fonida Yaqin Sharqdagi amerikalik harbiylar sonini 50 mingdan oshirgani aytilmoqda. Bu haqda Point.md xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Hormuz bo‘g‘ozida blokadani davom ettirmoqda. Mintaqada aviatashuvchilar, esmineslar, dengiz piyodalari ekspeditsion bo‘linmalari va jangovar samolyotlar jangovar shay holatga keltirilgan.

 

Oq uy va Pentagon vakillari operatsiyaning hozirgi bosqichi yuzasidan turlicha bayonotlar bermoqda. AQSh davlat kotibi Marko Rubio “Epik g‘azab” operatsiyasi yakunlanganini bildirgan. Mudofaa vaziri Pet Hegset esa asosiy e’tibor kemalarning Hormuz bo‘g‘ozi orqali xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga qaratilganini aytgan.

 

Keyinchalik Tramp agar Eron “kelishilgan shartlarni” qabul qilsa, urushni yakunlash va bo‘g‘oz orqali xavfsiz kemalar qatnovini ta’minlashini ma’lum qilgan. U aks holda Eronga qarshi bombardimonlar boshlanishi mumkinligini ham ta’kidlagan.

 

Maqolada qayd etilishicha, AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Eron portlariga kiruvchi va chiquvchi kemalar ustidan nazoratni kuchaytirgan. Chorshanba kuni AQSh dengiz aviatsiyasi blokadani yorib o‘tishga uringan Eron bayrog‘i ostidagi neft tankerini to‘xtatgani aytilmoqda.

 

Urush boshlanishidan avval Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy kontingenti taxminan 40 ming kishidan iborat bo‘lgan. Keyinchalik bu raqam 50 mingdan oshgan. Qo‘shinlar Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iroq, Suriya, Iordaniya, Qatar, BAA va Kuvaytdagi bazalarda joylashtirilgan.

 

Shuningdek, AQShning 82-havo desant diviziyasidan 2 mingga yaqin harbiy mintaqaga yuborilgani aytilmoqda. Nashrga ko‘ra, ular Eronning neft eksporti uchun muhim hisoblangan Xarg orolini egallash yoki harbiy aerodromlarni nazoratga olish operatsiyalarida ishtirok etishi mumkin.

 

Bundan tashqari, 31-ekspeditsion dengiz piyodalari otryadi hamda AQSh maxsus operatsiyalar kuchlari ham mintaqaga joylashtirilgan. Maxsus kuchlar Isfahondagi yadroviy obyektlarga qarshi ehtimoliy operatsiyalarda qo‘llanishi mumkinligi qayd etilgan.

 

Ayni paytda USS Abraham Lincoln va USS George H.W. Bush aviatashuvchi zarba guruhlari Arab dengiziga joylashtirilgan. Nashr ularning raketa va qiruvchi samolyotlar yordamida Eronga zarba berish imkoniyatiga ega ekanini yozgan.

 

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.