Jahon

9-mayda Moskvaga borishni tavsiya qilmayman — Zelenskiy

Zelenskiy Rossiyaning 9-may arafsidagi sulh taklifiga javoban “sukut rejimi”ni joriy qilgan edi, biroq Rossiya harbiy harakatlarini to‘xtatmagan. Ukraina esa bunga mos javob qaytarilishini bildirgan.

9-mayda Moskvaga borishni tavsiya qilmayman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ayrim davlatlar vakillarining 9-may kuni Moskvaga borish rejasiga munosabat bildirib, buni “tavsiya etmasligini” aytdi. Bu haqda "Intrefaks" nashri xabar berdi.

 

“Rossiyaga yaqin ayrim davlatlardan ularning vakillari Moskvada borishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar ham bor. G‘alati istak... aynan shu kunlarda-ya. Biz buni tavsiya etmaymiz”, — dedi prezident kechki murojaati davomida.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kaspiy dengizi hududida “Kalibr” raketalarini uchirish imkoniyatiga ega bo‘lgan raketa kemasi nishonga olingan. 

 

Bundan tashqari Rossiyaning Perm viloyatida joylashgan neft zonasiga tegishli obyektga ham zarba berilgan. Zelenskiy bu obyekt Ukraina davlat chegarasidan 1,5 ming kilometrdan ortiq masofada joylashganini bildirdi.

 

U yana Bryansk yo‘nalishi, Tuapse shahri va Rossiyadagi ayrim strategik neft obyektlariga qilingan hujumlar natijalari “yaxshi” bo‘lganini aytdi.

 

Zelenskiy Ukraina 6-maydan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlashga tayyor bo‘lganini eslatdi.

 

“Ukraina Rossiyaga o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilgan edi va bu birinchi taklif emas. Bu safar 6-maydan boshlab sulh taklif qilindi. Ukraina to‘liq sukunatni ta’minlashga tayyor edi. Ammo bizning tinchlik haqidagi taklifimizga javoban Rossiya tomonidan faqat yangi zarbalar va yangi tahdidlar bo‘ldi. Ular Ukrainadan o‘z paradlarini o‘tkazishga ruxsat so‘ramoqda — yiliga bir marta bir soat maydonga xavfsiz chiqish uchun, keyin esa yana xalqimizni o‘ldirish va urushni davom ettirish uchun”, — dedi u.

 

Avvalroq, 4-may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Vladimir Putinning qaroriga asosan 8–9-may kunlari sulh e’lon qilinganini ma’lum qilgan edi. Shu bilan birga, Rossiya tomoni Ukraina G‘alaba kunini nishonlashni buzishga urinsa, Kiyev markaziga ommaviy raketa zarbalari berilishi bilan tahdid qilgan. 

 

Rossiyaning 9-may arafasidagi sulh taklifiga javoban Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 5-maydan 6-mayga o‘tar kechasi soat 00:00 dan boshlab “sukunat rejimi” joriy etilganini e’lon qilgan va sulh buzilgan taqdirda mos javob qaytarilishini bildirgan.

 

6-may kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, Ukraina tomoni Rossiya sulh rejimini buzganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Rossiya armiyasi 1820 marotaba sulhni buzgan — o‘qqa tutishlar, shturmga urinishlar, aviatsiya zarbalari va dronlardan foydalanish holatlari qayd etilgan.

 

Jumladan, Sumida Rossiyaning ikki droni bolalar bog‘chasi binosiga urilgan. Oqibatda ikki nafar xodima halok bo‘lgan, yana ikki kishi yaralangan. Viloyatda bir sutka ichida jami 4 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, 11 kishi yaralangan.

 

Xarkiv viloyatida Rossiya zarbalari oqibatida 8 kishi jabrlangan. Zaporojyeda esa ikki kishi halok bo‘lgan, 12 kishi yaralangan.

 

7-may tongiga kelib Rossiya armiyasi tomonidan qariyb 100 ta hujumchi dron qo‘llangani, frontning asosiy yo‘nalishlarida o‘nlab shturm harakatlari amalga oshirilgani hamda o‘nlab aviatsiya zarbalari berilgani qayd etildi.

 

7-may oqshomida Rossiya tomoni 8-may soat 00:00 dan 10-maygacha yangi sulh e’lon qildi. Shuningdek, G‘alaba kunini nishonlashga xalal berishga urinish bo‘lsa, Kiyev markaziga yana ommaviy raketa zarbalari berilishi haqida bayonot berdi. Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova xorijiy diplomatlarni Ukraina poytaxtini tark etishga chaqirdi.

custom img

AQSHda Jahon chempionati o‘yinidan keyingi tantanalar vaqtida otishma yuz berdi

Muxlislar Kabo-Verdening JCHdagi tarixiy g‘alabasini nishonlayotgan bo‘lgan. Otishma oqibatida 4 kishi jarohatlangan.

custom img

Ukraina Rossiyaning “Vtorovo” neft stansiyasiga zarba berganini ma’lum qildi

Dronlar obyektning texnik binosiga zarba bergan va shundan so‘ng portlash sodir bo‘lgan.

custom img

Rossiyada migrantlar uchun davlat bojlari bir necha barobarga oshiriladi

Fuqarolik, yashash guvohnomasi va vizalarni rasmiylashtirish uchun davlat bojlari bir necha barobarga ko‘tariladi.

custom img

Qirg‘izistonda Islom Karimovga haykal qo‘ygan bo‘lardim — Asqar Akayev

Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Asqar Akayev Islom Karimov davridagi O‘zbekistonning nisbatan yopiq siyosati Qirg‘iziston va Qozog‘iston tadbirkorlari uchun imkoniyat yaratganini aytdi.

custom img

El Nino hodisasi sabab dunyoda shakar narxi keskin oshishi mumkin

Iqlim hodisasi sabab ikkinchi yirik shakar eksportchisi Hindistonda yog‘ingarchilik kamayishi kutilmoqda. Natijada shakarqamish ekish kechikishi mumkin.

custom img

Venesuelada zilzila qurbonlari soni 920 nafarga yetdi

Zilzilalardan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarda aholi bedarak yo‘qolgan yaqinlarini o‘z kuchi bilan qidirmoqda.

custom img

AQSH sudi Epshteyn sheriklarining ismlarini oshkor etishni talab qildi

Agar Adliya vazirligi bu talabni bajarmasa, sudga har bir hujjat yoki uning yopib qo‘yilgan qismi nima sababdan maxfiy saqlanishi lozimligini alohida asoslab berishi shart.

custom img

Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik ayol daryoda cho‘kib, halok bo'ldi

Ichida 4 kishi bo‘lgan avtomobil daryoga tushib ketgan. 3 nafar erkak omon qolgan. Ayol oqib ketgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"