O'zbekiston

Apple, Google, Meta va boshqa kompaniyalarning O‘zbekistonga qancha soliq to‘lagani ma’lum qilindi

Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 2026-yilning birinchi choragida 2025-yilning mos davriga nisbatan 81 foizga ko‘p soliq to‘lagan.

Apple, Google, Meta va boshqa kompaniyalarning O‘zbekistonga qancha soliq to‘lagani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar tomonidan to‘langan soliqlar hajmi keskin oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yilning birinchi choragida mamlakatda faoliyat yuritayotgan 89 ta xorijiy IT va raqamli servis kompaniyasi jami 65,7 milliard so‘m soliq to‘lagan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 81 foizga ko‘p.

 

 

Soliq tushumlari bo‘yicha yetakchilikni Apple egalladi — kompaniya 16,1 milliard so‘m soliq to‘lagan. 

 

Keyingi o‘rinlardan Google (14,9 mlrd so‘m) hamda Meta (13,9 mlrd so‘m) joy oldi.

 

Shuningdek, TOP-10 talikdan Valve Corporation — 8 milliard so‘m, OpenAI — 2,5 milliard so‘m va Anthropic — 1,5 milliard so‘m soliq to‘lagan kompaniyalar sifatida o‘rin oldi.

 

Ro‘yxatdan, shuningdek, Midasbuy (1,3 mlrd so‘m), TikTok (868,3 mln so‘m), Booking.com (694,7 mln so‘m) va Netflix (570,4 mln so‘m) ham joy olgan.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy yuridik shaxslar har chorakdan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay soliq hisobotlarini topshirishi va soliqlarni to‘lashi shart.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.