Jahon

Moldova parlamenti faoliyatida rus tilidan voz kechadi

Hukmron partiya tomonidan tayyorlangan hujjatga ko‘ra, rumin tili parlamentning yagona ishchi tili etib belgilanadi.

Moldova parlamenti faoliyatida rus tilidan voz kechadi

Moldova parlamenti qonunchilik organining tashkil etilishi va faoliyati to‘g‘risidagi kodeks loyihasini ma’qulladi. Unga ko‘ra, parlament faoliyatida rus tilidan foydalanish bekor qilinadi. Bu haqda “Unimedia” nashri xabar berdi.

 

Hujjatga muvofiq, rumin tili parlamentning yagona ishchi tili etib belgilanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar rumin tilida tayyorlanib, qabul qilinadi va zarurat tug‘ilganda boshqa tillarga tarjima qilinadi.

 

Mazkur tashabbus hukmron “Harakat va birdamlik” (PDS) partiyasi deputatlari tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, Yevropa Komissiyasining 2023–2025-yillarda Yevropa Ittifoqini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalarini amalga oshirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.

 

PDS deputati Igor Talmazan bu qaror parlamentning ish jarayonida rus tiliga majburiy tarjimani bekor qilish va barcha rasmiy muloqotni rumin tilida olib borish zarurligini ko‘zda tutishini bildirgan.

 

Moldova 2022-yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza berganidan so‘ng Yevrointegratsiya yo‘lini faollashtirgan. 2024-yilda esa mamlakatda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazilib, unda ko‘pchilik fuqarolar qo‘llab-quvvatlagan.

 

Shuningdek, Moldova MDHdan chiqish jarayonini ham boshlagani qayd etilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tegishli hujjatlar bekor qilingach, mamlakat tashkilotdan huquqiy jihatdan chiqishi kutilmoqda.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.