O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

Tabrikda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan o‘zbekistonliklarning fidoyiligi va tarixiy hissasi alohida qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini qutlug‘ ayyom — Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

 

Prezident o‘z tabrigida jang maydonlarida fashizmga qarshi kurashgan qahramon ajdodlarimiz xotirasini yod etib, bugungi kunda hayot bo‘lgan urush va mehnat faxriylariga yuksak hurmat va ehtirom bildirilishini ta’kidladi.

 

Davlat rahbari Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonliklarning front va orqa jabhalardagi fidoyiligi, xalqimizning insonparvarlik va bag‘rikenglik namunasini ko‘rsatganini alohida qayd etdi.

 

Ushbu yillarda Toshkentda barpo etilgan “G‘alaba bog‘i”, “Xotira nuri” va “Millat fidoyilari” yodgorlik majmualari xalq xotirasi va qadriyatlarini ulug‘lovchi maskanlarga aylangani ta’kidlandi.

 

Shuningdek, urush va mehnat faxriylarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha davlat darajasida amalga oshirilayotgan ishlar davom etayotgani qayd etildi.

 

Prezident bugungi murakkab davrda tinchlik, barqarorlik, millatlararo totuvlik va hamjihatlikni asrash har qachongidan ham muhim ekanini ta’kidladi.

 

Tabrik yakunida davlat rahbari barcha yurtdoshlarga sihat-salomatlik, tinchlik va farovonlik tiladi hamda Xotira va qadrlash kuni barchaga muborak bo‘lishini bildirdi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.