Jahon

Putin yaratgan “ajdodlarga sig‘inish siyosati” endi unga qarshi ishlamoqda — WSJ

Ukrainaga qarshi urush davomiyligi Ikkinchi jahon urishidan ham oshib ketgani Rossiyada Putinga bo‘lgan ishonchni kamaytiryapti.

Putin yaratgan “ajdodlarga sig‘inish siyosati” endi unga qarshi ishlamoqda — WSJ

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan yillar davomida shakllantirilgan 9-may va Ikkinchi jahon urushi atrofidagi davlat mafkurasi endi Kremlning o‘ziga qarshi ishlay boshladi. Bu haqda The Wall Street Journal'ga tayanib, "Unian" yozmoqda.

 

Qayd etilishicha, Ukrainaga qarshi urush davomiyligi bo‘yicha allaqachon Sovet Ittifoqining 1941–1945-yillardagi fashistlar Germaniyasiga qarshi urushidan oshib ketgan. Shu bilan birga, Ukraina dronlari Rossiya hududlariga tobora chuqurroq zarba bermoqda.

 

WSJ’ga ko‘ra, frontdagi turg‘unlik, Rossiya armiyasining katta yo‘qotishlari, iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi va mamlakat bo‘ylab dron hamda raketa hujumlari fonida Rossiya jamiyatida norozilik kayfiyati kuchaymoqda.

 

Nashr Putinning sobiq nutq yozuvchisi Abbos Gallyamovning fikrini keltiradi. Unga ko‘ra, Kreml tomonidan yillar davomida targ‘ib qilingan “bobolarga sig‘inish siyosati” endi aks ta’sir bera boshlagan.

 

“Shundan beri har bir kun biz bobolarimiz xotirasiga munosib emasligimiz hissini kuchaytirmoqda. Putin mana shu kultni yaratdi va endi bu uning o‘ziga qarshi ishlamoqda”, — degan Gallyamov.

 

WSJ qayd etishicha, Rossiyada hatto urush tarafdori bo‘lgan ayrim millatchilar ham mavjud vaziyatni tanqid qila boshlagan. 

 

Jumladan, rossiyalik media vakili Anastasiya Kashevarova Telegram’dagi postida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haqida gapirib: “Bu paytga kelib bobolarimiz allaqachon Berlinda edi, biz esa hanuz musht o‘qtalib, ‘qizil chiziqlar’ haqida gapirishda davom etyapmiz”, — deb yozgan.

 

Nashrga ko‘ra, Ukraina hujumlari Rossiya ichida  xavfsizlik xavotirlarini kuchaytirmoqda. Endi Rossiyaning frontdan uzoq hududlari ham Ukraina dronlari yetib boradigan hudud sifatida qaralmoqda.

 

Karnegi markazi eksperti Aleksandr Baunovning aytishicha, Putin endi avvalgidek “himoyachi” yoki “superqahramon” sifatida qabul qilinmayapti.

 

WSJ shuningdek, 9-may paradi Kreml uchun ramziy bosimga aylanganini qayd etdi. Ekspertlar fikricha, xavfsizlik tahdidlariga qaramay, Kreml paradni bekor qila olmaydi, chunki 9-may Rossiyada deyarli “muqaddas siyosiy ramz” darajasiga ko‘tarilgan.

 

Ma’lumot o‘rnida, Moskvada 9-may paradida harbiy qurollar namoyish qilinmaydi. Bu bayram arafasida xavfsizlikni ta’minlash chorasi sifatida baholanmoqda. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Putin yaratgan “ajdodlarga sig‘inish siyosati” endi unga qarshi ishlamoqda — WSJ | Zamon.uz