Madaniyat

Saida Mirziyoyeva 61-Venetsiya biennalesi ochilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston milliy pavilyoni —“The Aural Sea” loyihasi Orol dengizini ekologik fojia bilan bir qatorda xotira va ijodiy makon sifatida talqin etib, katta qiziqish uyg‘otdi.

Saida Mirziyoyeva 61-Venetsiya biennalesi ochilishida ishtirok etdi

 

Zamonaviy jahon san’atining eng nufuzli tadbirlaridan biri bo‘lgan Venetsiya biennalesi joriy yilda “In Minor Keys” (“Minor ohanglarda”) shiori ostida o‘tkazilmoqda. Mazkur mavzu zamonaviy dunyoni anglashdagi murakkab va nozik qarashlarni ifoda etishi bilan ahamiyatlidir.

 

                   

 

61-Venetsiya biennalesi doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoni — “The Aural Sea” loyihasi tantanali ravishda taqdim etildi. Tadbirda Saida Mirziyoyeva ishtirok etib, pavilyon ochilish marosimida nutq so‘zladi.

 

Loyiha Orol dengizi mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, u nafaqat ekologik fojia sifatida, balki xalq xotirasi, afsona va ijodiy tasavvurlar makoni sifatida ham yoritilgan. Ekspozitsiya orqali Orolning mintaqa tarixidagi o‘rni va madaniy ahamiyati badiiy ifoda etilgan.

 

                 

 

Tadbir davomida O‘zbekiston pavilyoni biennale ishtirokchilari va mehmonlari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Mutaxassislar fikricha, ushbu loyiha xalqaro auditoriyada mamlakatimiz madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishni oshirish va O‘zbekistonning zamonaviy san’atdagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Aktyor mukofotga “Kazbek” filmidagi bosh roli uchun sazovor bo‘lgan.

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Yig‘ilishda sohadagi kamchiliklar tanqid qilinib, yil yakuniga qadar namunali ko‘rsatkichlarga erishish vazifasi belgilandi.

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

Iskandar Makedonskiy va Roksana tarixiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy film yaratish tashabbusi ilgari surildi.

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Tadbir ikki qardosh xalq madaniyatini o‘zaro targ‘ib etish hamda do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgan madaniy voqea sifatida baholandi.

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Minsk shahridagi “Pobeda” kinoteatrida “O‘zbek kinosi kunlari” tantanali ravishda ochildi. O‘zbek filmlari belarus tomoshabinlariga namoyish etilmoqda.