O'zbekiston

Rossiyada O‘zbekistondan olib kirilgan 20 tonna pomidorda xavfli virus aniqlandi

Zararlangan mahsulot partiyasi qaytarilishi yoki yo‘q qilinishi mumkin.

Rossiyada O‘zbekistondan olib kirilgan 20 tonna pomidorda xavfli virus aniqlandi

Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida O‘zbekistondan olib kirilgan 20 tonna pomidor partiyasida xavfli fitovirus aniqlangani ma’lum qilindi.

 

Rosselxoznadzor axborotiga ko‘ra, laboratoriya tekshiruvlari davomida pomidorlarda “pomidor jigarrang ajin virusi” (Tomato brown rugose fruit virus — ToBRFV) qayd etilgan. Ushbu virus Tobamovirus guruhiga mansub bo‘lib, pomidor va qalampir hosiliga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

 

Mutaxassislar ta’kidlashicha, mazkur virus qishloq xo‘jaligi ekinlari orasida tez tarqalish xususiyatiga ega bo‘lib, ayrim hollarda hosilning 30–70 foizigacha yo‘qotilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Nazorat qiluvchi organ zararlangan mahsulot partiyasining Rossiya hududiga kiritilishiga ruxsat berilmasligini bildirgan. Amaldagi tartiblarga muvofiq, yuk qaytarilishi yoki yo‘q qilinishi mumkin.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"