Jahon

Eron AQShning so‘nggi taklifiga javobini Pokiston orqali yetkazdi

Tehronning taklifi hozircha faqat harbiy harakatlarni to‘xtatishga qaratilgan.

Eron AQShning so‘nggi taklifiga javobini Pokiston orqali yetkazdi

Eron AQShning mamlakatga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatishga qaratilgan so‘nggi taklifiga oid rasmiy munosabatini Pokiston vositachilari orqali taqdim etdi. Bu haqda mazkur jarayondan xabardor manbaga tayanib, IRNA agentligi xabar berdi.

 

Manbaga ko‘ra, taqdim etilgan reja muzokaralarning hozirgi bosqichida, avvalo, mintaqadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga qaratilgan.

 

Avvalroq Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Tehron AQSh tomonidan ilgari surilgan takliflarni ichki muhokama va yakuniy xulosalardan so‘ng rasman ko‘rib chiqishini ma’lum qilgan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, Pokiston joriy yilning 8-aprel kuni Tehron va Vashington o‘rtasida sulhga erishishda vositachilik qilgan. Ushbu jarayon AQSh va Isroilning Eronga qarshi qariyb 40 kun davom etgan qo‘shma harbiy harakatlarini to‘xtatishga xizmat qilgan.

 

Shuningdek, Tasnim agentligi ham Eron Tashqi ishlar vazirligidagi manbaga tayanib, Tehron AQShning so‘nggi taklifiga javob berganini tasdiqlagan. Biroq, javob tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan.

 

Anadolu agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Pokiston kelasi hafta AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralarning navbatdagi bosqichiga mezbonlik qilishi mumkin.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

custom img

Vengriyada polshalik sayyohlar avtobusi ag‘darilib, 12 kishi halok bo‘ldi

Politsiya haydovchi uxlab qolgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Haydovchi hibsga olingan.

custom img

Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi: Wildberries omborida yong‘in chiqdi

Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Moskva va boshqa hududlardagi ayrim aeroportlar faoliyati cheklandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"