O'zbekiston

Olmaliqda YTH oqibatida 9 yoshli bola vafot etdi

26 yoshli haydovchi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan.

Olmaliqda YTH oqibatida 9 yoshli bola vafot etdi

 

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida ikki nafar voyaga yetmagan bola ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.



Qayd etilishicha, hodisa 12-may kuni soat 14:00 atrofida Olmaliq shahrining Amir Temur ko‘chasida yuz bergan. 26 yoshli haydovchi S .D. boshqaruvidagi avtomobil piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki nafar 9 yoshli bolani urib yuborgan.



Hodisa oqibatida jabrlangan bolalardan biri og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan. Ikkinchi bola esa tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.



Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi mazkur ishga jalb qilingan holda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"