O'zbekiston

O‘zbekistonda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etildi — Azizbek Urunov yangi qo‘mita raisi etib tayinlandi

Shuningdek, Veterinariya va chorvachilik tizimida ham yangi o‘zgarishlar amalga oshirildi.

O‘zbekistonda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etildi — Azizbek Urunov yangi qo‘mita raisi etib tayinlandi

 

O‘zbekiston Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etildi.



Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidentining Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili Azizbek Allaberganovich Urunov ushbu qo‘mitaga o‘rindoshlik asosida rais etib tayinlandi.



Shuningdek, Prezident Administratsiyasida faoliyat yuritib kelgan Furoqat Jalilov hamda Elyor Talaboyev yangi tashkil etilgan qo‘mita raisining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi.



Qishloq xo‘jaligi tizimini takomillashtirish doirasida Veterinariya va chorvachilik qo‘mitasi qayta tashkil etilib, Chорvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi sifatida faoliyat yuritishi belgilandi.



Mazkur agentlikka 2020-yildan buyon Mikrokreditbankni boshqarib kelgan Orif Bo‘tayev rahbar etib tayinlandi. U bir vaqtning o‘zida Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimini ham egallaydi.



Qaror doirasida yaylov xo‘jaligini rivojlantirish, mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash hamda chorvachilik uchun jamoat yaylovlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilishi belgilangan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"