Jahon

Qirg‘izistonda erkak xotiniga qaynoq suv sepib, O‘zbekistonga qochib ketdi

Ayol 27 kun kasalxonada davolangan, eri va uning qarindoshlari tomonidan yordam ko‘rsatilmagan.

Qirg‘izistonda erkak xotiniga qaynoq suv sepib, O‘zbekistonga qochib ketdi

 

Qirg‘izistonning Osh shahrida oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq holat yuzasidan tergov olib borilmoqda. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.



Ma’lum qilinishicha, Zarnibo ismli ayol shahar rahbariyati bilan uchrashuvda eri tomonidan zo‘ravonlikka uchraganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 9-mart kuni turmush o‘rtog‘i yuziga ikki marotaba qaynoq suv sepgan va shundan so‘ng O‘zbekistonga qochib ketgan.



Jabrlanuvchi hujum oqibatida 27 kun davomida shifoxonada davolanganini ma’lum qilgan. Ayolning ta’kidlashicha, ushbu davrda eri hamda uning qarindoshlari tomonidan hech qanday yordam ko‘rsatilmagan.



“Men to‘rt nafar farzandim bilan yolg‘iz qoldim. Kasalxonaga hech kim kelmadi, yordam ham bo‘lmadi”, — degan ayol yig‘ilish davomida.



Uning aytishicha, holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan bo‘lsa-da, gumondor hali Qirg‘izistonga qaytarilmagan.



Shahar ichki ishlar boshqarmasi rahbari mazkur vaziyat nazoratga olinganini bildirib, gumondorni qo‘lga olish va mamlakatga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.



Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning dastlabki to‘qqiz oyida mamlakatda 16 mingdan ortiq oilaviy zo‘ravonlik holati qayd etilgan. Bosh prokuratura esa maishiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq 656 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.