Jahon

Rossiya Oʻzbekistondan asalarilarni olib ketayotgan yuk mashinalarining “yoʻqolgani” haqidagi xabarlarni rad etdi

Oʻzbekistondan keltirilgan asalarilar importiga ruxsat berilmagan va yuklar qayta eksport qilingan.

Rossiya Oʻzbekistondan asalarilarni olib ketayotgan yuk mashinalarining “yoʻqolgani” haqidagi xabarlarni rad etdi

 

Rossiya Ural bojxona boshqarmasi Oʻzbekistondan olib ketilayotgan asalarilar ortilgan ikkita yuk mashinasi bedarak yoʻqolgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda TASS agentligi bojxona maʼlumotiga tayanib хаbar berdi.



Qayd etilishicha, avvalroq ayrim ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekistondan olib chiqilgan asalarilar yuklangan transport vositalari Rossiya chegarasini kesib oʻtgach, karantin hududiga yetib bormasdan Chelyabinsk viloyatida “gʻoyib boʻlgani” haqida xabarlar tarqalgan edi.



Ural bojxona boshqarmasi matbuot xizmati ushbu maʼlumotlarni inkor qilib, “xavfli asalarilarni tashiyotgan yuk mashinalarining yoʻqolgani haqidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi”, deya bayonot berdi.



Rasmiy maʼlumotga koʻra, asalarichilik kompaniyasi 2026-yil aprel oyida Chelyabinsk viloyatidagi “Bugristoye” nazorat-oʻtkazish punkti orqali Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududiga asalari paketlarini olib kirishga uringan.



Hujjatlar tekshirilgach, Rosselxoznadzor tomonidan Oʻzbekistondan asalarilar importi taqiqlangan. Shundan soʻng yuklarga nisbatan qayta eksport tartibi qoʻllanilib, jarayon 2-may kuni yakunlangan.



Bojxona idorasiga koʻra, barcha protseduralar amaldagi tartib asosida amalga oshirilgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"