Jahon

Yermakda 4 ta diplomatik pasport va yashirinish uchun mablag‘ bor — prokuratura

Ukraina Prezidenti ofisi sobiq rahbarining tergov va suddan yashirinib qolish xavfi mavjudligi ma’lum qilindi.

Yermakda 4 ta diplomatik pasport va yashirinish uchun mablag‘ bor — prokuratura

Ukraina Ixtisoslashtirilgan korrupsiyaga qarshi prokuraturasi (SAP) Prezident ofisining sobiq rahbari Andrey Yermakning tergov va suddan yashirinib qolish xavfi mavjudligini ma’lum qildi. Bu haqdа  Interfaks xabar berdi.

 

Ayblov tomoniga ko‘ra, Yermak xorijda yashirinib yurish uchun yetarli moliyaviy resurs va aloqalarga ega. Prokuror sudda Yermak buyurtmasi bilan qurilgan rezidensiya uning rasmiy daromadlari hisobidan emas, o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilganini qayd etgan.

 

Shuningdek, prokuratura vakili Yermakda xorijga chiqish pasporti va to‘rtta diplomatik pasport mavjudligini bildirgan. Ta’kidlanishicha, u qariyb olti yil davomida Prezident ofisi rahbari lavozimida ishlagani sababli Ukraina ichida ham, xorijda ham keng aloqalarga ega.

 

Prokuratura fikricha, Yermak ushbu aloqalari orqali davlat chegarasini to‘siqlarsiz kesib o‘tishi va xorijda yashirinib yurishiga ko‘mak olishi mumkin.

 

Bundan tashqari, ayblov tomoni ish uchun muhim bo‘lgan hujjat va ashyolar yo‘q qilinishi xavfi mavjudligini ham ma’lum qilgan. Prokuror so‘zlariga ko‘ra, Yermak ehtimoliy jinoyatni sodir etishda konspiratsiya usullaridan foydalangan hamda ayrim tashkiliy masalalarni ishonchli shaxslarga topshirgan.

 

Sudda, shuningdek, obyektlarga tashriflar vaqtida anonimlikni ta’minlash choralari ko‘rilgani, messenjerlardagi yozishmalarda haqiqiy ism ishlatilmagani ham aytib o‘tilgan.

 

Ayblov tomoni Yermakning aloqalari guvohlar va ishga aloqador boshqa shaxslarga ta’sir o‘tkazish imkonini berishini ham bildirgan. Xususan, gap u bilan aloqada bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari haqida ketmoqda.

 

Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, sud ekspertiga bosim va tahdidlar bo‘lgan. Shuningdek, tergov davomida davlat reyestrlari hamda tizimlaridan Yermak va uning mulkiga oid ayrim ma’lumotlar o‘chirib tashlangani aniqlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina korrupsiyaga qarshi idoralari Prezident administratsiyasining sobiq rahbari Andrey Yermakni yirik korrupsiya va pul yuvish ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida e’lon qilgandi. U Kiyev yaqinidagi elita turarjoy majmuasi orqali 10,5 million dollar mablag‘ni legallashtirish bilan bog‘liq sxemada ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Yermak ayblovlarni izohlar ekan, mazkur majmuada ko‘chmas mulkka egalik qilmasligini bildirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.