O'zbekiston

Bir oyda 855 ming doza narkotik va 410 ming dona psixotrop vosita musodara qilindi

Aprel oyida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 23 ta uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Bir oyda 855 ming doza narkotik va 410 ming dona psixotrop vosita musodara qilindi

Huquq-tartibot organlarining tezkor bo‘linmalari hamkorligida aprel oyida uyushgan narkojinoyatchilik hamda uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi keng ko‘lamli tezkor tadbirlar amalga oshirildi.

 

O‘tkazilgan operatsiyalar natijasida narkotik moddalarni noqonuniy tarqatish bilan shug‘ullangan 13 ta uyushgan narko-jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan. Tezkor tadbirlar davomida 2 nafar guruh yetakchisi va 35 nafar a’zosi qo‘lga olingan.

 

Shuningdek, 4 ta yashirin narkolaboratoriya hamda 1 ta internet orqali faoliyat yuritgan narkodo‘kon fosh etilgan. Xalqaro hamkorlik doirasida nazorat ostida yetkazib berish bo‘yicha maxsus operatsiya ham o‘tkazilgan.

 

Tezkor tadbirlar davomida 285 kilogramm an’anaviy narkotik moddalar, 410 ming dona psixotrop dori vositalari hamda 42 litr noqonuniy prekursorlar musodara qilingan.

 

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, ushbu jinoiy tarmoqlar faoliyati davom etganida bir yil ichida 2,6 million dona psixotrop vosita, 1,4 tonna “gashish” va “opiy”, shuningdek, katta miqdordagi sintetik narkotiklar noqonuniy muomalaga chiqarilishi mumkin edi.

 

Uyushgan guruhiy jinoyatchilikka qarshi kurash yo‘nalishida ham yirik natijalarga erishilgan. Xususan, 10 ta jinoiy guruh faoliyatiga barham berilib, 10 nafar yetakchi va 50 nafar a’zo qo‘lga olingan. Mazkur guruhlar 17 ta shahar va tumanda tadbirkorlarga bosim o‘tkazish, talonchilik, bezorilik, o‘g‘rilik hamda og‘ir tan jarohati yetkazish kabi jinoyatlarni sodir etib kelgan.

 

Bundan tashqari, tezkor tadbirlar doirasida Tojikiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda xalqaro operatsiya ham amalga oshirilgan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"