O'zbekiston

Hududlarda 168 ming gektar sanoatlashgan bogʻ va tokzorlar barpo etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda intensiv sanoatlashgan bogʻlarni koʻpaytirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Hududlarda 168 ming gektar sanoatlashgan bogʻ va tokzorlar barpo etiladi



Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda intensiv sanoatlashgan bogʻ va tokzorlarni kengaytirish, mavjud bogʻlardan samarali foydalanish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini oshirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.



Yigʻilishda mamlakatda meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirish, eksportbop mahsulot yetishtirish va qishloq aholisi daromadini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijalari koʻrib chiqildi. Bugungi kunda yurtimizda 572,6 ming gektar bogʻ va tokzor mavjud boʻlib, ular yiliga 1 milliard dollarlik eksportni taʼminlamoqda hamda 882 ming nafar aholining daromad manbai hisoblanadi.



Shu bilan birga, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish zarurligi taʼkidlanib, hosildorlikni oshirish orqali sohada yangi bosqichga chiqish muhim ekani qayd etildi. Oʻzbekiston 2030-yilgacha oziq-ovqat mahsulotlari eksportini 10 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan.



Tahlillarga koʻra, hozirda 61 ming gektar eskirgan va 18 ming gektar yaroqsiz bogʻlarni yangilash zarur. Ayrim hududlarda hosildorlik pastligi sababli daromad koʻrsatkichlari sezilarli darajada cheklanib qolmoqda.



Shu munosabat bilan eski va yaroqsiz bogʻlarni yangilash hamda intensiv bogʻdorchilikni joriy etish boʻyicha yangi tartiblar taklif etildi. Unga koʻra, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan bogʻ va tokzorlarning holati baholanadi hamda tegishli xulosalar beriladi.



Shuningdek, yerdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida raqamli monitoring tizimi joriy etilib, kosmik tasvirlar orqali bogʻlar holatini kuzatish yoʻlga qoʻyiladi.



Tomorqa va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida aholiga imtiyozli kredit va koʻchatlar ajratish mexanizmlari kengaytiriladi. Intensiv bogʻ tashkil etish istagidagi tadbirkorlar uchun esa “Agrostar” kompaniyalari orqali ulushli hamkorlik tizimi joriy etilishi rejalashtirilmoqda.



2026–2028-yillarda 168 ming gektar intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etish, 2 milliard dollar investitsiya jalb qilish hamda 258 mingta ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan.



Yigʻilish yakunida mutasaddilarga intensiv bogʻdorchilikni rivojlantirish, eskirgan bogʻlarni yangilash va eksport salohiyatini oshirish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.