O'zbekiston

Respublika bo‘ylab 12 kunda bolalarni me'yordan ortiq tashish bilan bog‘liq 170 ta holat aniqlandi

Tekshiruvlarda 3872 nafar bola sig‘imidan ortiq transportlarda olib ketilgani ma’lum bo‘ldi.

Respublika bo‘ylab 12 kunda bolalarni me'yordan ortiq tashish bilan bog‘liq 170 ta holat aniqlandi

 

O‘zbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalarni transport vositalarida xavfsiz tashish qoidalarini buzish holatlari davom etmoqda. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida bolalarni belgilangan me’yorlardan ortiq va xavfli tarzda tashish bilan bog‘liq ko‘plab holatlar aniqlangan.



Yo‘l harakati xavfsizligining ma’lum qilishicha, 1–12-may kunlari davomida respublika bo‘ylab o‘tkazilgan tekshiruvlarda 170 ta qoidabuzarlik qayd etilgan. Ushbu holatlarda jami 3872 nafar bola sig‘imidan ortiq yuklangan transport vositalarida olib ketilayotgani aniqlangan.



Xususan, Sirdaryoda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan shaxs Damas avtomobilida 23 nafar bolani tashiyotgani ma’lum bo‘lgan. Namanganda ham huquqiy ruxsatsiz haydovchi 18 nafar bolani olib ketayotgan vaqtida to‘xtatilgan. Buxoroda esa 40 nafar bolani tashiyotgan avtobus haydovchisining mast holatda ekani aniqlangan.



Mutasaddilar bolalarni tashishda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish zarurligini eslatib, yo‘lovchilar sonini belgilangan me’yordan oshirish taqiqlanishini ta’kidlagan. Shuningdek, bolalar guruhlarini tashishda maxsus “Bolalar tashish” belgisi bo‘lishi va voyaga yetgan kuzatuvchilar hamrohligi ta’minlanishi lozimligi qayd etilgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.