O'zbekiston

“Kichik yo‘lda 120 km/soat tezlikda harakatlangan” — Xorazmda IIB xodimi ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi

Mast haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan va ag‘darilgan.

“Kichik yo‘lda 120 km/soat tezlikda harakatlangan” — Xorazmda IIB xodimi ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi



Xorazm viloyati Shovot tumanida mast holatda transport vositasini boshqargan ichki ishlar organlari xodimi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.



Kun.uz ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 23-dekabr kuni Urganch shahar IIB JXX HPB profilaktika katta bo‘lmagan inspektori sifatida ishlagan 30 yoshli D.Yu. spirtli ichimlik iste’mol qilganidan so‘ng “Cobalt” rusumli avtomashinani boshqargan. U bilan birga avtomobilda ikki nafar yo‘lovchi bo‘lgan.



Harakat davomida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan va ag‘darilgan. Oqibatda orqa o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.



Sud materiallarida guvohning ko‘rsatmasiga ko‘ra, avtomobil kichik yo‘lda 120 km/soat tezlikda harakatlangan va bir necha yo‘l notekisliklaridan so‘ng ham tezlikni kamaytirmagan.



Sud majlisida ayblanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan va qilmishidan pushaymonligini ta’kidlagan.



JIB Shovot tuman sudi hukmiga ko‘ra, D.Yu. Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga 4 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. Shuningdek, u 3 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilindi. Jazoni manzil koloniyalarda o‘tash belgilangan.

custom img

Xivada 12,3 gektarlik xalqaro turistik shaharcha barpo etiladi

Majmuada mehmonxonalar, muzey, restoranlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi.

custom img

Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududlarni almashish bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldi

Hududlarni almashish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzdi. Guruh aholi fuqaroligi, ko‘chirish, mulkiy huquqlar, yerdan foydalanish va ijtimoiy himoya masalalarini hal qiladi.

custom img

Xorazm viloyatida 176 million dollarlik 12 ta loyiha ishga tushirildi

Yangi loyihalarni ishga tushirish marosimi Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

custom img

Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochildi

Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"