Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Turkistonning tarixiy-madaniy markazi bilan tanishdi

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qilib, “Hazrat Sulton” muzey-qo‘riqxonasining tashriflar markazida bo'ldi.

O‘zbekiston Prezidenti Turkistonning tarixiy-madaniy markazi bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda Turkiston shahrining tarixiy-madaniy markazida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, oliy martabali mehmonlar Markaziy Osiyodagi islom me’morchiligining yorqin yodgorliklaridan biri, Qozog‘istonning bosh ma’naviy markazi bo‘lgan Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qildi.

 

XIV asr oxirida Amir Temur farmoyishiga binoan barpo etilgan ushbu maqbara bugungi kunda UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, Markaziy Osiyodagi o‘rta asr islom me’morchiligining eng noyob va muhtasham namunalaridan biri hisoblanadi. Uning qurilishi 1389-1391-yillarda boshlanib, XIV asr oxiriga qadar davom etgan. Majmuani bunyod etishda Movarounnahr ustalari, shuningdek, boshqa hududlardan kelgan me’mor va naqqoshlar qatnashgan.

 

Yetakchilar buyuk so‘fiy shoir va mutafakkir xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

 

 

Shuningdek, delegatsiyalar rahbarlari “Hazrat Sulton” muzey-qo‘riqxonasining tashriflar markazi bilan tanishdi. Bu yerda ziyoratchilar va mehmonlarni qabul qilish, ko‘rgazmalar tashkil etish hamda Turkistonning boy tarixiy-madaniy merosini namoyish qilish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan. 

 

 

Markazda o‘rta asrlar davriga oid noyob merosni saqlash, o‘rganish va keng targ‘ib etishga qaratilgan doimiy muzey ekspozitsiyasi – “Noyob eksponatlar zali” alohida o‘rin tutadi.

 

 

Ekspozitsiyada Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi bilan bog‘liq nodir tarixiy yodgorliklar, jumladan, XIV-XV asrlarga mansub osori atiqalar, o‘rta asrlar me’moriy va amaliy bezak san’ati hamda kulolchilik namunalari o‘rin olgan. 

 

Maqbaraning asl eshigi, Xoja Ahmad Yassaviy qabri ustidagi yopinchiq, Amir Temur tomonidan hadya qilingan bronza shamdonlar, shuningdek, Turkistonning qadimiy tarixini ochib beruvchi arxeologik va keramik topilmalar shular jumlasidan.

 

 

Bunday yodgorliklar va madaniy loyihalar ma’naviy merosni asrab-avaylash, tarixiy xotirani mustahkamlash, mushtarak ildizlar, e’tiqod va an’analar bilan bog‘langan qardosh xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"