Siyosat

Prezidentlar Turkistonda O‘zbekiston tomonidan bunyod etilgan masjid bilan tanishdi

Qur’on oyatlari tilovat etilib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

Prezidentlar Turkistonda O‘zbekiston tomonidan bunyod etilgan masjid bilan tanishdi

Amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan birgalikda Turkiston shahrida O‘zbekiston tomonidan bunyod etilgan masjid bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, majmuaning umumiy maydoni 7 gektardan ziyodni tashkil etadi, unda 5 mingdan ortiq kishi namoz o‘qishi mumkin. Muhtasham ansambl to‘rtta 70 metrlik minora hamda asosiy zal va an’anaviy ayvonlarni o‘z ichiga olgan uch qavatli bosh binodan iborat.

 

 

Islom va Sharq me’morchiligining eng yaxshi an’analariga muvofiq barpo etilgan jome masjidida milliy naqshlar, sharqona gumbazlar, baland minoralar hamda zamonaviy qurilish texnologiyalari uyg‘un qiyofa kasb etgan. Masjidning ichki bezagida islom xattotlik va naqqoshlik san’ati namunalaridan keng foydalanilgan.

 

 

Atrofdagi 4,2 gektar maydonni obodonlashtirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yerda yashil maydonlar, yo‘laklar, dam olish joylari, yoritish tizimlari, manzarali qurilmalar va favvoralar barpo etilmoqda.

 

 

O‘zbekiston tomonidan qardosh Qozog‘iston xalqi hamda Turkiston aholisiga tuhfa sifatida qurib bitkazilgan ushbu muhtasham majmua ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va madaniy yaqinlik, yaxshi qo‘shnichilik hamda ittifoqchilik munosabatlarining yorqin ifodasi bo‘lgani ta’kidlandi.

 

 

Qur’on oyatlari tilovat etilib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"