O'zbekiston

Buxoroda Media haftalik yakunlandi: 800 dan ortiq ishtirokchi qamrab olindi

Media haftalik 18–22-may kunlari mamlakatning vodiy hududlarida davom etishi rejalashtirilgan.

Buxoroda Media haftalik yakunlandi: 800 dan ortiq ishtirokchi qamrab olindi



Buxoroda o‘tkazilgan media haftalik yakuniga ko‘ra, ishtirokchilar o‘z professional pozitsiyasini shakllantirish, auditoriyani to‘g‘ri tahlil qilish hamda tezkorlik va aniqlikni uyg‘unlashtirish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.



Tadbir davomida kontent yaratishda kreativ yondashuvni rivojlantirish, trendlarni kuzatish bilan cheklanmasdan ularni yaratish tamoyillari asosiy yo‘nalish sifatida belgilandi. Shuningdek, sun’iy intellekt imkoniyatlari kontent ishlab chiqarish jarayonida yordamchi vosita emas, balki ijodiy jarayonni kuchaytiruvchi muhim omil sifatida amaliy sinovdan o‘tkazildi.



Ishtirokchilar tomonidan kontent sifati uning tashqi ko‘rinishidan ko‘ra, ortidagi fikr, yondashuv va professional pozitsiya bilan baholanishi alohida ta’kidlandi.



Ma’lumotlarga ko‘ra, media haftalik doirasida 53 nafar matbuot kotibi va axborot xizmati xodimi, 19 nafar televideniye sohasi vakili, 15 ta gazeta va internet OAV vakili, 14 nafar bloger, 80 dan ortiq mobilograf, 80 dan ortiq SMM mutaxassisi hamda 200 nafar yosh kontent yaratuvchi qamrab olindi. Yakuniy media forumda esa 700 dan ortiq ishtirokchi jamlandi. Umumiy hisobda tadbir 800 dan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.



Media haftalik 18–22-may kunlari mamlakatning vodiy hududlarida davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, keyingi bosqichda Farg‘ona va Namangan viloyatlari parallel ravishda yangi g‘oyalar va media-innovatsiyalar maydoniga aylanadi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"