O'zbekiston

Surxondaryoda Afg‘onistondan olib kirilgan qariyb 600 kg narkotik musodara qilindi

Jinoiy guruh narkotik moddalarni tong saharda yashirin ravishda olib o‘tishga uringan.

Surxondaryoda Afg‘onistondan olib kirilgan qariyb 600 kg narkotik musodara qilindi

Surxondaryoda Afg‘onistondan olib kirilayotgan qariyb 600 kilogramm narkotik moddalar to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, DXX tezkor bo‘linmalari, Chegara qo‘shinlari hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida yirik miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoiy guruh tong sahar vaqtida chegara nazorati sustlashishidan foydalanib, taqiqlangan moddalarni mamlakat hududiga olib kirishni rejalashtirgan.

 

Xususan, Afg‘oniston fuqarosi boshqaruvidagi “Mercedes” rusumli yuk avtomashinasi Surxondaryodagi “Termiz-avto” chegara bojxona postida belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan.

 

Tekshiruv jarayonida avtomashina tirkamasida olib kelinayotgan “Doosan” rusumli ekskavator inspeksion ko‘rik majmuasi orqali skaner qilinganda, uning ko‘taruvchi qismi ichida shubhali jismlar mavjudligi aniqlangan.

Shundan so‘ng maxsus texnik vositalar yordamida o‘tkazilgan qo‘shimcha ko‘zdan kechirish ishlari davomida ekskavatorning “strelasi” ichiga yashirilgan 593 kilogramm “gashish” va 3 kilogramm “opiy” moddasi borligi fosh etilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, narkotik vositalarning egalarini aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"