O'zbekiston

Toshkent viloyatida konditsioner ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi

Yong‘in konditsioner ortilgan tirkama yukxonasida kelib chiqqan.

Toshkent viloyatida konditsioner ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkent viloyatining Piskent tumanida yuk mashinasida olib ketilayotgan konditsionerlar yonib ketdi. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Viloyat IIBB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, voqea 16-may kuni soat taxminan 17:00 larda A-373a “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lining Piskent tumani hududidan o‘tgan 10-kilometrida sodir bo‘lgan.

 

1983-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi “Scania” rusumli yuk avtomashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda unga ulangan tirkama yukxonasida bo‘lgan yuk — konditsionerlarda yong‘in kelib chiqqan.

 

Oqibatda yuk ortilgan tirkama to‘liq yonib ketgan. Yuk avtomashinasining o‘zi esa tirkama o‘z vaqtida ajratib olingani sababli shikastlanmagan.

 

Qayd etilishicha, hodisa natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga zarar yetmagan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"