O'zbekiston

Davlat xaridlarida 23 milliard so‘mdan ortiq qonunbuzilishlar aniqlandi

Aniqlangan holatlar yuzasidan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, mansabdor shaxslarga tegishli choralar ko‘rilgan.

Davlat xaridlarida 23 milliard so‘mdan ortiq qonunbuzilishlar aniqlandi

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida bir nechta davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan umumiy qiymati 23 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

 

Xususan:

— Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan umumiy qiymati 9,1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 6 ta davlat xaridida;

— Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan qariyb 8 milliard so‘mlik 6 ta tanlov savdosida;

— Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan 6,7 milliard so‘mga yaqin qiymatdagi 10 ta tender jarayonida qonunchilik talablari buzilgani aniqlangan.

 

Ta’kidlanishicha, ushbu savdolarda raqobatni cheklovchi yoki cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarga yo‘l qo‘yilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan Raqobat qo‘mitasining Maxsus komissiyasi tomonidan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilishlarni bartaraf etish hamda kelgusida bu kabi holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan.

 

Bundan tashqari, qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan ayrim mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilib, tegishli materiallar sud organlariga yuborilgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.