O'zbekiston

Namangandagi video noto‘g‘ri talqin qilingan — Milliy gvardiya

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Milliy gvardiya xodimi va chet el fuqarosi o‘rtasidagi tortishuv” videosi yuzasidan izoh berildi.

Namangandagi video noto‘g‘ri talqin qilingan — Milliy gvardiya

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “o‘zini chet el fuqarosi deb tanishtirgan shaxs va Milliy gvardiya xodimlari o‘rtasidagi tortishuv” mazmunidagi videotasvir keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Milliy gvardiyasi rasmiy izoh berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yilning 25-fevral kuni Namangan shahridagi Bobur istirohat bog‘i hududida sodir bo‘lgan.

 

Unga ko‘ra, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida xizmatga jalb etilgan gvardiyachilar tomonidan belgilangan bo‘lmagan joyda tamaki mahsulotini iste’mol qilayotgan fuqaro to‘xtatilgan. Suhbat davomida u o‘zini chet el fuqarosi sifatida tanishtirib, qo‘pol muomala qilgan.

 

Shunga qaramay, gvardiyachilar tomonidan unga O‘zbekiston qonunchiligida belgilangan tartib-qoidalar, xususan jamoat joylarida tamaki iste’moli taqiqlangani haqida tushuntirish berilgan. Ushbu jarayon chet el fuqarosining sherigi tomonidan videoga olingan.

 

Keyinchalik o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida ushbu shaxs Qozog'iston fuqarosi R. Ergashev ekani aniqlangan. U bilan tushuntirish ishlari olib borilgach, u o‘z xatti-harakatlarini tan olgan va tegishli xulosa chiqarganini bildirgan.

 

Shuningdek, rasmiylar videoni buzib talqin qilgan holda tarqatish holatlari jamoatchilikni chalg‘itishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"