O'zbekiston

Namanganda gilos yeyman deb transformator ustiga chiqqan 13 yoshli bola tok urib vafot etdi

Marhum bolaning qarindoshlari transformator hududida xavfsizlik choralari yetarli bo‘lmaganini ta‘kidlamoqda.

Namanganda gilos yeyman deb transformator ustiga chiqqan 13 yoshli bola tok urib vafot etdi

Namangan viloyatining Davlatobod tumanida 13 yoshli bola yuqori kuchlanishli transformator ustiga chiqib, elektr toki urishi oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Millar dasturida ma'lum qilindi.

 

Mas’ullar ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 5-may kuni taxminan soat 19:37 larda sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarda aytilishicha, 2013-yilda tug‘ilgan bola gilos uzish maqsadida mahallada joylashgan yuqori kuchlanishli transformator ustiga chiqqan vaqtida elektr toki ta’siriga tushgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, marhum bola xolasining qarovida bo‘lgan, onasi esa xorijda ishlagan. Qarindoshlarining aytishicha, bola maktabdan qaytgach, ko‘chaga tengdoshlari bilan futbol o‘ynash uchun chiqqan.

 

Voqeadan so‘ng qo‘shnilar tomonidan bolaga birinchi yordam ko‘rsatishga urinish bo‘lgan. Shundan keyin u yaqin hududdagi shifoxonaga olib borilgan. Voqea yuzasidan oila a’zolari tomonidan shoshilinch yordam ko‘rsatish jarayoni bilan bog‘liq ayrim holatlarga ham e’tiroz bildirilgan. Ularning aytishicha, bola dastlab yaqin atrofdagi tibbiyot muassasasiga olib borilgan, biroq u yerda tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilishi borasida kechikishlar bo‘lgan.

 

Marhumning yaqinlari transformator atrofida xavfsizlik to‘siqlari va zarur himoya choralari bo‘lmaganini ta’kidladi. Ularning fikricha, hudud yetarli darajada o‘ralmagan va transformator xavfsiz holatga keltirilmagan.

 

Hodisa joyiga tuman prokuraturasi hamda ichki ishlar organlarining tezkor-tergov guruhi yetib borgan. Bola o‘limining aniq sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

 

Bosh prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, Davlatobod tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari faoliyati yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhum Davlatobod tumanidagi 56-sonli umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi bo‘lgan.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.