Jahon

Afg‘onistonda oilalar tirik qolish uchun qizlarini sotishga majbur bo‘lmoqda — BBC

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil Afg‘onistonga ajratilgan gumanitar yordam hajmi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 70 foizga kamaygan.

Afg‘onistonda oilalar tirik qolish uchun qizlarini sotishga majbur bo‘lmoqda — BBC

 

BBC xabariga ko‘ra, Afg‘onistonning markaziy G‘or viloyatida kuchayib borayotgan gumanitar inqiroz ayrim oilalarni tirik qolish uchun qiz farzandlarini sotishga majbur qilmoqda.

 

Xabarda aytilishicha, uzoq davom etayotgan qurg‘oqchilik, ishsizlik darajasining yuqoriligi va xalqaro yordamning keskin kamayishi sabab mamlakatning ko‘plab hududlarida og‘ir iqtisodiy vaziyat yuzaga kelgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston aholisining qariyb 75 foizi asosiy ehtiyojlardan mahrum bo‘lib, millionlab odamlar ochlik xavfi ostida yashamoqda.

 

G‘or viloyatining markazi Chag‘charon shahrida yuzlab erkaklar har kuni vaqtinchalik ish topish umidida to‘planishadi. Biroq ish o‘rinlari juda kamligi sabab ko‘pchilik oilalar kunlik oziq-ovqatni ham ta’minlay olmayapti.

 

Mahalliy aholi vakillarining BBC’ga bildirishicha, ayrim oilalar bolalarini boqish, qarzlarini yopish yoki kasal farzandlarini davolatish uchun qizlarini boshqa oilalarga berishga majbur bo‘lmoqda. Fuqarolardan biri bolalariga non topib bera olmayotganini aytsa, yana biri farzandining operatsiyasi uchun mablag‘ topish maqsadida qizini qarindoshiga berganini bildirgan.

 

Shuningdek, reportajda Tolibon tomonidan ayollar ta’limi va mehnat faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar ham vaziyatni yanada og‘irlashtirgani qayd etilgan.

 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil Afg‘onistonga ajratilgan gumanitar yordam hajmi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 70 foizga kamaygan. AQSH va boshqa yirik donor davlatlar moliyaviy ko‘makni sezilarli darajada qisqartirgan.

 

Mamlakatdagi tibbiyot muassasalari ham og‘ir ahvolda qolmoqda. Shifokorlar dori-darmon va oziq-ovqat yetishmasligi sabab yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida o‘lim ko‘rsatkichlari oshayotganini bildirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.