Sport

O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Musobaqa joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Qatarda bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

2026-yil 21-may kuni Shveysariyaning Syurix shahrida 19-noyabrdan 13-dekabrga qadar Qatardagi “Espayr” akademiyasi maydonlarida o‘tkaziladigan U-17 Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

 

Sergey Chigodayev boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi kichik mundialning “E” guruhidan joy oldi. 

 

Musobaqaning barcha guruhlari quyidagicha shakllandi:

 

  • “A” guruhi: Qatar, Misr, Panama, Gretsiya
  • “B” guruhi: Janubiy Koreya, Ekvador, Yangi Kaledoniya, Afrika pley-off g‘olibi
  • “C” guruhi: Argentina, Avstraliya, Daniya, Afrika pley-off g‘olibi
  • “D” guruhi: Fransiya, Saudiya Arabistoni, Gaiti, Urugvay
  • “E” guruhi: Italiya, O‘zbekiston, Kot-d’Ivuar, Yamayka
  • “F” guruhi: Senegal, Xorvatiya, Tojikiston, Kuba
  • “G” guruhi: Mali, Belgiya, Yangi Zelandiya, Vetnam
  • “H” guruhi: Ispaniya, Fiji, Marokash, Xitoy
  • “I” guruhi: Braziliya, Irlandiya, Kosta-Rika, Tanzaniya
  • “J” guruhi: AQSH, Chili, Montenegro, Jazoyir
  • “K” guruhi: Meksika, Kamerun, Venesuela, Ruminiya
  • “L” guruhi: Yaponiya, Kolumbiya, Gonduras, Serbiya.

 

Ma’lumot uchun, Islombek Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 2025-yilgi Jahon chempionatida chorak finalga qadar yetib borgan va Italiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.