O'zbekiston

Toshkentdan Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to'xtatib qolindi

Oltin quymalar yo‘lovchining chamadoni ichki qismlariga yashirilgani aniqlangan.

Toshkentdan Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to'xtatib qolindi

 

Toshkent xalqaro aeroportida yirik miqdordagi oltin qimmatbaho metallarni noqonuniy tarzda mamlakatdan olib chiqish holati fosh etildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Toshkent–Dubay” yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilishni rejalashtirgan fuqaro yuklari tekshiruvdan o‘tkazilgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 1980-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida yashovchi shaxsga tegishli chamadonning ichki tayanch qismlariga jami 1 kg 923 gramm oltin quymalari yashirilgan holatda aniqlangan va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

Shuningdek, mazkur noqonuniy holatga 1992-yilda tug‘ilgan, avval sudlangan fuqaroning aloqadorligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Anomal issiq: Ekologiya qo‘mitasi muhim ogohlantirish bilan chiqdi

Havo harorati ayrim hududlarda 48 darajagacha ko‘tarilishi kutilayotgani sababli qo‘mita fuqarolarni o‘z salomatligi, daraxtlar va hayvonot dunyosini asrashga chaqirdi.

custom img

Afg‘oniston vazirligi O‘zbekiston haqidagi bahsli bayonotlarni rad etdi — TIV

Avvalroq fazilatlarni targ‘ib qilish va yomonliklarning oldini olish vazirining O‘zbekistonda Islom faqat nomigagina qolganini aytgani haqida xabar tarqalgandi.

custom img

Farg‘onada kuchli zilzila bo‘ladimi?

Farg‘ona vodiysida yaqin kunlarda kuchli zilzila sodir bo‘lishi haqidagi xabarlarga O‘zR Fa oydinlik kiritdi.

custom img

Eng faol 200 ta mahallaga 2 milliard so‘mdan mukofot beriladi

Yangi tashabbuslar hisobiga mahallalar budjetiga tushum joriy yilda 1,6 trillion so‘mga, kelasi yildan esa 2 trillion so‘mga yetkaziladi.

custom img

Mahallalardagi sustkashlik uchun 152 nafar rahbar ishdan olindi

Prezident yig‘ilishida 960 ta kambag‘al oila yashaydigan 32 ta mahallada birorta ham ehtiyojmand fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanmagani tanqid qilindi.

custom img

Mahalla raislariga yerlarni auksionga chiqarish vakolati beriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, mahalla raislari xususiy bog‘cha, maktab, klinika va sport inshootlari qurish uchun yerlarni auksionga chiqarish vakolatiga ega bo‘ladi.

custom img

Toshkentda yerusti metro bekatining tomi qulab tushdi, ikki yo‘lovchi jarohatlandi

Hozirda poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

custom img

XDP pullik avtoturargohlar uchun jarima joriy etilishiga qarshi chiqdi

Partiya pullik avtoturargoh uchun to‘lovni amalga oshirmagan haydovchilarga ma’muriy jarima qo‘llash tashabbusi Konstitutsiya va amaldagi qonunchilikka zid ekanini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"