Jahon

Rossiyada migrantlar farzandlari uchun rus tilini bepul o‘qitish taklif qilindi

Tashabbus mualliflariga ko‘ra, bu bolalarning integratsiyasiga yordam beradi va rus tilining xorijdagi mavqeini saqlashga xizmat qiladi.

Rossiyada migrantlar farzandlari uchun rus tilini bepul o‘qitish taklif qilindi



Rossiyaning Sverdlovsk viloyati Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Merzlyakova migrantlar farzandlari uchun rus tilini bepul o‘qitish tashabbusi bilan chiqdi. Uning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda bunday kurslar asosan ota-onalar mablag‘i hisobidan tashkil etilmoqda. Bu haqda Kommersant nashri xabar berdi.



Merzlyakovaning fikricha, mazkur tashabbus nafaqat migrant oilalarni qo‘llab-quvvatlash, balki rus tilining xalqaro mavqeini saqlab qolish va kengaytirish uchun ham muhim ahamiyatga ega.



“Men bolalarga rus tilini bepul o‘qitish tarafdoriman”, — dedi u mahalliy telekanallardan biriga bergan intervyusida.



Ombudsman Rossiyaning o‘zi ayrim hollarda rus tilining xorijda keng tarqalish imkoniyatlarini cheklab qo‘yayotganini qayd etgan. Unga ko‘ra, bugungi sharoitda tilning mavqeini zaiflashtirish emas, aksincha, mustahkamlash muhim vazifa hisoblanadi.



Shuningdek, u sobiq Sovet mamlakatlarida ham yoshlar orasida ingliz tilida ta’lim olishga qiziqish ortib borayotganini ta’kidlagan. Merzlyakovaga ko‘ra, bu holat rus tilining ta’sir doirasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.



Mazkur tashabbus Rossiya jamoatchiligida turli munozaralarga sabab bo‘ldi. Uni qo‘llab-quvvatlovchilar bu migrant bolalarning jamiyatga integratsiyasini yengillashtirishini aytmoqda. Tanqidchilar esa bepul ta’lim dasturi davlat budjetiga qo‘shimcha yuk bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.